Yevgeniy Nikolayevich Shoxin (; 17-avgust, 1952-yil, Oʻzbekiston SSR) – SSSR va Oʻzbekistonning sobiq futbolchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubida futbol murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Faoliyati

Futbolchilik faoliyati Yevgeniy faoliyatini Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. Fargʻona jamoasi tarkibida besh mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 1976-yilgi mavsumda SSSR Birinchi Ligasi ishtirokchisi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. "Paxtakor jamoasida bir mavsum davomida oʻynaganidan soʻng 1977-yilgi mavsumda yana Fargʻonaga, „Neftchi“ jamoasi tarkibiga qaytgan. Neftchi jamoasi tarkibida 1979-yilgi mavsumgacha toʻp surgan. 1980-yilgi mavsumda Jizzaxning „Boʻston“ jamoasi safiga oʻtgan. Faoliyatini 1982-yilgi mavsumda Toʻrqoʻrgʻonning „Yoshlik“ jamoasida yakunlagan. Yevgeniy faoliyati davomida himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati Yevgeniy murabbiylik faoliyatini „Neftchi“ jamoasida 1988-yilgi mavsumda bosh murabbiy Yuriy Sarkisyanga yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2013-yilgi mavsumda Yuriy Sarkisyan bosh murabbiylik vazifasidan ozod etilganidan soʻng bir muddat jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiylik qilgan.

Manbalar

Havolalar

Yevgeniy Shoxin Transfermarkt saytida futbolchi profili Yevgeniy Shoxin Footballfacts saytida futbolchi profili Yevgeniy Shoxin Tribuna.com saytida futbolchi profili

Turkum:17-avgustda tugʻilganlar Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Yoshlik Toʻraqoʻrgʻon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar