Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich (1958-yil 7-aprel, Toshkent viloyati, Orjonikidze tumani) – sovet, oʻzbek, qozoq matematigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Sirdaryo universiteti rektori (2002—2008).
Hayoti Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 1958-yil 7-aprelda Toshkent viloyati Qibray tumani Oq Oltin qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan.
U 1975-yilda 20-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan (keyinchalik ushbu maktabga Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich nomi berilgan). 1980-yilda Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U 1980—2000-yillarda M.Auzeva nomidagi Matematika institutida ishlagan. V.I.Romanovskiy nomidagi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti aspiranti, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim, doktorant sifatida faoliyat yurtigan.
2000—2008-yillarda Sirdaryo universitetida (Janubiy Qozogʻiston viloyati) umumiy matematika va fizika kafedrasi mudiri (2000—2002), univeresitet prorektori, rektor (2002—2008) lavozimlarida ishlagan.
Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 2008-yil sentyabrdan Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti matematik analiz, algebra va geometriya kafedrasi professori boʻlib ishlab kelmoqda.
Ilmiy faoliyati Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 1985-yilda nomzodlik, 2000-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2006-yilda professorlik unvonini olgan.
Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasida fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha bir qator dissertatsiya kengashlari aʼzosi hisoblanadi.
Berdishev Abdumauvlen faoliyati davomida 3 nafar fan nomzodi tayyorlagan. Shuningdek, 85 ta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
Mukofotlari Berdishev Abdumauvlen 1990-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining fan va texnika sohasidagi mukofoti sohibi boʻlgan. Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligining „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan taʼlim xodimi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangna.
Manbalar
Havolalar Бердышев, Абдумаувлен Сулейманович
Turkum:Fizika-matematika fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekiston matematiklari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari