Rasim Akchurin Sulaymonovich (1931-yil 24-dekabr; Oʻzbekiston SSR, Zangiota tumani) – sovet qoʻmondoni, general-polkovnik (17.02.1990). Mashhur kardiojarroh akademik Renat Akchurinning ukasi.

Hayoti Rasim Akchurin 1931-yil 24-dekabrda Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Zangiota qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1933-yildan boshlab Andijonda, ota-onasining yangi ish joyida yashay boshlagan. 1949-yilda Andijondagi oʻrta maktabni tugatgan. 1949-yildan M. I. Kalinin nomidagi Leningrad politexnika institutida tahsil olgan.

1951-yilda institutning ikkinchi kursini tamomlab, Sovet Armiyasi safiga chaqirilgan. 1954-yilda Havo mudofaasi kuchlarining 3-Boltiq zenit-artilleriya maktabini tamomlagan (Latviya SSR, Aluksne shahri). 1954-yildan Turkiston harbiy okrugining 30-alohida havo hujumidan mudofaa korpusida vzvod komandiri (Qirgʻiziston SSR, Mayli-Say qishlogʻi), 1957-yildan S-75 zenit-raketa tizimida vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.

1970-yilda Havo mudofaasi Harbiy qoʻmondonlik akademiyasini tamomlagan. 1970-yildan Moskva havo mudofaasi okrugida xizmat qilgan va 291-zenit-raketa polkining komandiri boʻlgan (Kostroma viloyati Neya shahri). 1973-yildan 16-havo mudofaasi korpusining (Gorkiy shahri) zenit-raketa qoʻshinlari boshligʻi boʻlgan. 1974-yilda qoʻmondon oʻrinbosari va 1982-yilda 3-Havo mudofaasi korpusi qoʻmondoni (Yaroslavl), 1982-yilda Moskva havo mudofaasi okrugi zenit-raketa kuchlari qoʻmondoni boʻlgan. 1985-yilda mamlakat Havo mudofaasi kuchlarining zenit-raketa qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlgan. 1992-yilda zaxiraga oʻtkazilgan.

Rasim Akchurin 1993–1996-yillarda Aerokosmik kompleksni konvertatsiya qilish boʻyicha Rossiya markazida maslahatchi, 1996–1999-yillarda Rossiya Federatsiyasi hukumati maʼmuriy boʻlimi maslahatchisi, 1999-yil yanvar oyidan avgust oyigacha Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Rossiya davlat tarixiy-madaniy markazining harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi boʻlimi boshligʻi hamda 1999-yil avgustdan Moskva taʼlim boshqarmasi Harbiy-vatanparvarlik va fuqarolik taʼlimi markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

Rasim Akchurin ijtimoiy ishlarda faol ishtirok etagan. U 1999-yildan Moskva viloyati tatar milliy-madaniy avtonomiyasi kengashi raisi, 2014-yildan esa faxriy rais boʻlgan. Shuningdek, Moskva shahar faxriylar kengashining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Mukofotlari Qizil Bayroq ordeni. ikkinchi va uchinchi darajali „SSSR Qurolli Kuchlarida Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni. Jukov medali. „Rossiya dengiz flotiga 300 yil“ medali. „Harbiy hamdoʻstlikni mustahkamlagani uchun“ medali. V. I. Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan „Harbiy jasorat uchun“ yubiley medali. „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning yigirma yilligi“ yubiley medali. „SSSR Qurolli Kuchlari faxriysi“ medali. „Harbiy hamdoʻstlikni mustahkamlagani uchun“ medali. „SSSR Qurolli Kuchlariga 40 yil“ yubiley medali. „SSSR Qurolli Kuchlariga 50 yil“ yubiley medali. „SSSR Qurolli Kuchlariga 60 yil“ yubiley medali. „SSSR Qurolli Kuchlariga 70 yil“ yubiley medali. Birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medallari. „Kuba inqilobiy qurolli kuchlarining 30 yilligi“ medali (Kuba, 24.11.1986)Informatsiya o nagrajdenii v OBD „Pamyat naroda“.. „Duslyk“ ordeni (Tatariston, 2021). „Tatariston Respublikasiga xizmatlari uchun“ ordeni (2016).

Adabiyotlar Татарский энциклопедический словарь. — Казань: Институт Татарской энциклопедии АН РТ, 1999. — 703 с., илл. ISBN 0-9530650-3-0 Татарская энциклопедия — Казань: Институт Татарской энциклопедии АН РТ. Том 1, 2002. ISBN 585247035X Биографическая справка о Р. С. Акчурина на сайте «Союза ветеранов Республики Татарстан» Акчурин Расим: Армия не прощает незнания. Интервью. Александр Гаврилов. Пример для подражания/«Учительская газета», 3 января 2012 г. «Генерал-полковник Расим Акчурин отмечает 80-летний юбилей»

Manbalar

Turkum:Zangiota tumanida tugʻilganlar Turkum:Harbiy arboblar Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Jukov medali sohiblari Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi yubiley medali sohiblari Turkum:I darajali Aʻlo xizmatlari uchun medali Turkum:II darajali Aʻlo xizmatlari uchun medali Turkum:III darajali Aʻlo xizmatlari uchun medali Turkum:Doʻstlik ordeni (Tatariston) sohiblari Turkum:Sovet harbiy xizmatchilari Turkum:KPSS XXVI syezdi delegatlari