Olga Valeryevna Yujnaya (1979-yil 26-aprel, Krasnogorsk, Toshkent viloyati) – rossiyalik basketbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Rossiya terma jamoasi tarkibida 2003-yilda Yevropa chempioni, 2005-yilda Yevropa chempionati kumush medali sohibi.

Biografiyasi Olga 7 yoshidan ota-onasining koʻmagi va tavsiyasi bilan basketbol bilan shugʻullanishni boshlaganOlga Firsova: Manikyur pozvolyu sebe tolko letom. U VBM-SSAU jamoasi tarkibida 2002—2003-yilgi mavsumda mamlakat vitse-chempioniga aylangan. Oʻshanda Olganing jamoasi faqatgina UMMC jamoasiga yutqazgan edi. Oradan bir yil oʻtgach, u Rossiya chempionati, Rossiya kubogi va Jahon ligasida gʻolib chiqqan. 2005-yilning yozida UMMC jamoasiga koʻchib oʻtgan. Olga u yerda bir mavsum oʻynagan va oʻzining sobiq klubi VBM-SSAUga yutqazib, vitse-chempion boʻlgan bo'lsada, jamoasi bilan Yevroligada gʻolib boʻlgan. 2006-yilda u Moskvaning Dinamo klubiga oʻtgan, ammo bironta ham sovrin yuta olmagan. 2008-yilda esa Spartakda oʻynash uchun Sankt-Peterburgga joʻnab ketgan.

Olga Rossiya terma jamoasi aʼzosi sifatida 2003-yilgi Yevropa chempionatida gʻalaba qozongan, uchta oʻyinda 6 daqiqa maydonda harakat qilgan va Belgiyaga qarshi oʻyinda bir marta toʻpni savatchaga tushirganStatistika na sayte FIBA Yevropa: Yevrobasket-2003 . 2005-yilgi Yevropa chempionatida esa 8 oʻyinda 29 ochko toʻplagan holda kumush medalni qoʻlga kiritgan Olga 10 ta ribaund, 3 ta toʻp oʻtkazib yuborish va 6 ta golli uzatmani qayd etganStatistika na sayte FIBA: Yevrobasket-2005 .

Yutuqlari Klublarda Rossiya chempioni (2004, 2005) Rossiya vitse-chempioni (2003) Rossiya kubogi gʻolibi (2004) Jahon chempionati gʻolibi (2003) Yevroliga chempioni (2005) Jahon ligasi chempioni (2004) Ukraina chempioni (2001, 2002) Sloveniya chempioni (2000)

Terma jamoada Yevropa chempioni (2003) Yevropa vitse-chempioni (2005)

Shaxsiy hayoti Olganing akasi professional futbolchi, otasi va onasi esa murabbiy boʻlgan. 2005-yil 3-iyun sanasida Olga VBM-SSAU klubi prezidenti Andrey Ishchukning sobiq qoʻriqchisi Aleksey Firsovga turmushga chiqqan. Olganing eng sevimli filmi „Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi“ hisoblanadi. U oʻzbek, ukrain va rus taomlarini sevib isteʼmol qiladi. Ingliz, rus, sloven, fransuz va oʻzbek tillarida soʻzlasha oladi. „Bratya Grim“ va „Gosti iz budushego“ guruhlarini sevib tinglaydi.

Manbalar

Turkum:Rossiya basketbolchilari