Jemil Velilya oʻgʻli Kenje (1896-yil, Andreyevskaya viloyati (Qrim), Tavriya guberniyasida tugʻilgan – 1945-yil, Pskent, Toshkent viloyatida vafot etgan; ) – sovet qrim-tatar shoiri, folklorshunos va tilshunos sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Hayoti Jemil Kenje Ableshe qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda oʻqib, soʻngra Koʻpirlikoy qishlogʻida oʻqishni davom ettirgan. Jemil sheʼr yozishga maktab yillarida qiziqishi orta boshlab, oʻzi mustaqil sheʼr yozishni boshlagan. Tav-Dairdagi madrasada tahsil olib, Qrim-tatar pedagogika kollejiga oʻqishga kirgan. 1934-yilda Simferopoldagi Qrim pedagogika institutini tamomlagan. Jemil oʻqituvchilik faoliyati bilan ham shugʻullangan. Moskvada qrim-tatar tili boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan (1927, 1929, 1934). Shuningdek, Jemil bolalar uchun folklor kitoblarini nashrga tayyorlagan. Ijod ishlari 1930-yillarda „Yosh leninjiler“ jurnalida chop etilgan. „Bala shiirleri“ („Bolalar sheʼrlari“, 1927; 1995) toʻplamining, duradgorlik va dehqonchilik qurollari haqidagi sheʼrlar muallifi. Oʻlimidan soʻng „Yulduz jurnali“da „Turnalar koʻchalar…“ („Turnalar uchib ketadi…“; 1981) va „Chochami toʻrgʻay“ („Chumchuq“; 1993) sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. 1925-yilda uning arab alifbosida yozgan sheʼrlari „Oʻquv ishlari“ („Maʼrifat masalalari“) jurnalida chop etiladi. U oilasi bilan birga 1944-yilda Qrimdan Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan va oradan bir yil oʻtib vafot etgan. 2020-yilda „Bala shiirleri“ toʻplami rassom Usmon Islyamovning rasmlari bilan qayta nashr etiladi.
Adabiyotlar
Grafarov B. Djemil Kendje adjayip bala shairi edi // Yildiz. 1981. № 4; Bekirov Dj. Belli balalar shairi Djemil Kendje // Yildiz. 1993. № 2; Useinov T. Razmishleniya o poezii Krimskogo Xanstva // B._Djemil_Kendje_omyuri_ve_yaratidjiligʼi_Useinov_T. B._Cemil_Kengez_Life_and_Creativity Djemil Kendje: Omyuri ve yaratidjiligʼi: Sb. st. Sf., 2005; Deyateli krimskotatarskoy kulturi. (1921—1944 g.): Biobibliograficheskiy slovar / Gl. red. i sost. D. P. Ursu. Sf., 1999; Kʼurtnezir.
Manbalar
Turkum:Qrim-tatar shoirlar Turkum:Toshkent viloyatida vafot etganlar Turkum:1945-yilda vafot etganlar Turkum:1896-yilda tugʻilganlar