Natalya Pavlovna Burova (1918-yil 23-noyabr, Pishpak, Turkiston ASSR – 1979-yil 24-mart, Toshkent viloyati) – sovet shoirasi va tarjimoni.
Tarjimai holi Natalya Pavlovna Burova Pishpak (hozirgi Bishkek, Qirgʻiziston) shahrida tugʻilgan va bolaligida ota-onasi bilan Toshkentga koʻchib kelganKrasilnikov N. Yeyo Aziya. O poetesse N. P. Burovoy .
Oʻrta Osiyodagi maktablarda oʻqigan, lekin oʻrta maʼlumot olmagan. Urush tugagunga qadar SSSR Yozuvchilar uyushmasi Oʻzbekiston boʻlimi kotibiyatida ishlab, yozuvchi va shoirlar – Anna Axmatova, Vladimir Lugovskoy, Yakub Kolas, Mixail Golodniy va boshqalar bilan ijodiy muloqot qilish imkoniga ega boʻldi.
1945-yilda tugallanmagan oʻrta maʼlumotga ega boʻlishiga qaramay, M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga oʻqishga qabul qilindi va V. A. Lugovskiy seminarida tahsil oldi. 1949-yilda kasallik tufayli oʻqishni toʻxtatdi.
Yozuvchi Olga Kojuxova shunday deb eslaydi: „Keyin, bir yil oʻtgach, men undan Pomirdan sarosima toʻla bitta xat oldim: „Endi institutga qaytmayman, bu yerda, qorongʻu shaxtalarda, beligacha muzdek suvga botgan odamlar qanday ishlayotganini koʻrsang edi. Ularga mening „muhabbat haqidagi“ sheʼrlarimdan nima naf?.. Ularga nima yangilik aytaman?.. Men nima bilaman?.Yoʻq, biz yangicha yashashni boshlashimiz kerak. Yana yoʻlimizni izlashimiz kerak…“
N.Burova Toshkent shahridagi qator muassasalarda statistik, kadrlar boʻyicha inspektor, chizmachi, texnik kotib lavozimlarida ishlagan, geologik partiyalar bilan Oʻrta Osiyo choʻllari boʻylab Chatqol va Ugom togʻ daryolari manbalariga – daryo boshlanadigan joyiga sayohat qilgan. U geologik partiyalarda hamshira boʻlib ham ishlagan. 1965-yilda birinchi sheʼriy toʻplami – „Semirechye“ nashr etilgandan soʻng, Sovet yozuvchilari uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi.
U 1979-yil 24-mart kuni Toshkentdan 30-50 kilometr uzoqlikda vafot etgan. Vafoti sababi hozirgacha nomaʼlum boʻlib qoldi.
Oilasi Ona – Olimpiada Yakovlevna Avrova.
Oʻgʻli – Dmitriy Viktorovich Svetkov (1938-yilda tugʻilgan), Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan konstruktor, Moskvada yashaydi. Natalya Burovaning ikki nabirasi va ikki evarasi bor.
Ijodi Sheʼr yozishni maktab yillarida boshlagan, keyinchalik ularni Toshkent va Moskvadagi yoshlar almanaxlarida, 1946-yilda „Znamya“ jurnalida, soʻngra SSSRning boshqa jurnal va gazetalarida („Ogonyok“, „Smena“, „Molodaya gvardiya“, „Zvezda Vostoka“, „Literaturnaya gazeta“) nashr qildirgan, ularning ayrimlari bolgar tiliga tarjima qilingan.
Sheʼrlari Burova N. P. Semirechye (). – Moskva: Sovet yozuvchisi, 1965. – 143 bet. – (Sikli: Solnse v pili; Temniy mart; Stuja). – 10000 nusxa. Burova N. P. Tyopliye kamni : [Sb. lirich. stixov.] () – Moskva: Yosh gvardiya, 1968. – 95 bet. – (Sikli: Luni; Polin v svetu). – 10000 nusxa. Burova N. P. Litsom k svetu (). – Moskva: Sovet yozuvchisi, 1971. – 112 bet. – (Sikli: Rostki i ruini; Jarkiy vecher; Litsom k svetu). – 10000 nusxa. Burova N. P. God aista (). – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1972. – 100 bet. – 5000 nusxa. Burova N. P. Zelenie shari (). – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1974. – 202+5 bet. – 10000 nusxa. Burova N. P. Sinyaya ptitsa (). – Moskva: Sovet yozuvchisi, 1975. – 102 bet. – 10000 nusxa. Burova N. P. Gorkiy kolodes (). – Moskva: Yosh gvardiya, 1978. − 112 bet. – 20000 nusxa. Burova N. P. Tamarisk. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1979. – 199 s. – 5000 nusxa. Burova N. P. Sena prozreniya (). – Toshkent: Yosh gvardiya, 1981. – 56 bet. – 10000 nusxa.
Natalya Burova sheʼrlari kiritilgan toʻplamlar Molodaya Moskva ()) / G. Korenev – Moskva: Moskva ishchisi, 1947. – 18, 19-betlar Molodaya Moskva. Stixi molodix poetov ()) / G. Korenev – Moskva: Moskva ishchisi, 1947. – 94, 95, 96-betlar Pesn lyubvi () / L. Xotilovskaya. – Moskva: Yosh gvardiya, 1967. – 524-bet Alisher Navoiy. Sokrovishnitsa misley. Sochineniya v 10 tomax () / V. Novoprudskiy. – Toshkent: "FAN" nashriyoti, 1968. – 1-jild. – 256, 261, 262, 263, 264, 266, 267, 268, 271, 285, 286, 288, 292, 294, 295, 306-betlar. Strofi veka. Antologiya russkoy poezii () / Y. Yevtushenko va Y. Vitkovskiy. – Minsk; M.: Polifakt, 1995 – 601-bet. – ISBN 5-89356-006-X. Russkaya poeziya. XX vek. Antologiya () / V. A. Kostrov. – Moskva: OLMA-PReSS, 1999. – 426, 427-betlar. – ISBN 5-224-00134-X. Antologiya russkogo lirizma. XX vek, Izdanie trete () / A. Vasin-Makarov – Moskva: „Studiya“, 2019. – 1-jild – 387—391-betlar – ISBN – 978-5-9907974-5-1 (T. 1)
Zamondoshlarining Burova ijodiga munosabati K. I. Chukovskiyning N.Burovaning birinchi toʻplamiga bergan izohi: Yolgʻon soʻz emas! Bu kashfiyot. Sharhlar
A. A. Axmatovaning N.Burova sheʼriyati toʻgʻrisidagi fikrlariStarshinov N. K. Litsa, liki i lichini. – Red.-izdat. firma „Roy“, 1996. – S. 9.: …Natalya Burova – Xudoning marhamatiga sazovor boʻlgan shoir!.. Uni hech kim bilan adashtirib yuborolmaysiz!
Xotirasi Toshkent shahridagi Doʻmbrobod qabristonidagi N. P. Burova haykali 1989—1990-yillardagi qayta qurishdan soʻng nomaʼlum shaxslar tomonidan vayron qilingan. 2017-yilda qayta tiklangan.
Manbalar
Turkum:Doʻmbrobod qabristoniga dafn etilgan