Farrux Berdiyev (; 14-may 1991-yil, Xoʻjand) – 2007-yil 20-avgustda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan FIFA U-17 Jahon chempionati 2007 musoboqasi guruh bosqichida AQSh termasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan tojikistonlik futbolchilardan biri.
Faoliyati Farrux faoliyatini dastlab Toshkentda, Chigatoydagi futbol akademiyasida boshlagan. Birinchi murabbiyi Ahmad Ubaydullayev. Futbolchilik faoliyatida Regar-TadAZ va Xoʻjand jamoalarida oʻynagan. 2007-yil Tojikiston U-17 terma jamoasi tarkibida FIFA U-17 Jahon chempionati 2007 musoboqasida ishtirok etgan va 1/8 final bosqichiga yetib borishida katta hissa qoʻshgan.
Murabbiylik faoliyati 2015-yil futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Xoʻjandning „Xoʻjand“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyatini boshlagan. Xoʻjand klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan Noʻmonjon Yusupov va Vitaliy Levchenkolarga 2015-yildan 2020-yilgacha darvozabonlar oʻyingga tayyorlash boʻyicha yordamchilik qildi. 2020-yilgi mavsumdan Dushanbening „Istiqlol“ jamoasida ishladi va 2022-yilgi mavsumgacha darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan. 2022-yil yoz oyida Vitaliy Levchenkoning yordamchi murabbiyi sifatida „Neftchi“ jamoasi murabbiylar shtabidan joy oldi.
Manbalar
Havolalar
Maʼlumotlar FIFA rasmiy veb-saytida Tojikistonning jahon chempionatidagi ilk gʻalabasi 2007-yil Farrux Berdiyev Transfermarktda murabbiy profili Farrux Berdiyev Soccerwayda murabbiy profili Farrux Berdiyev Footballfacts
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futbolchilar haqidagi chala maqolalar Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:Neftchi klubiga aloqador shaxslar