Dmitriy Yuryevich Liskov (13-oktyabr, 1977-yil, Toshkent) – rus yozuvchisi, jurnalisti, teleboshlovchi. „Zvezda“ va „Perviy kanal“ telekanallari loyihalari bosh muharriri. Rossiya jamoat televideniyesida Dmitriy Liskov bilan „OTRAJENIYE“ mualliflik dasturini va „PRAVDA! DA?“ ijtimoiy-siyosiy tok-shousini olib borgan.
Biografiyasi Liskov 1977-yil 13-oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.
Dmitriy Yuryevich Bauman nomidagi MSTUda materiallar va texnologiyalar fakultetida tahsil olgan.
2005-yildan 2006-yilgacha RIA Novosti axborot agentligida Internet-loyihalar direksiyasining Maxsus loyihalar boʻlimi muharriri sifatida ishlagan. RIA Novosti maxsus loyihalari uchun kompyuter grafikasi ustida ishlagan.
Liskov 2006-yilda RIA Novosti agentligida ishlagan vaqtida Sent-Jorj lentasi tadbirining tashkilotchilaridan biri boʻlgan.
Teleboshlovchi 2013-yil bahoridan beri Rossiya jamoat televideniesida ishlaydi. 2020-yilgacha „PRAVDA? DA!“ ijtimoiy-siyosiy tok-shousining boshlovchisi boʻlgan.
Dmitriy 2020-yil oktyabr oyidan boshlab OTR telekanalidagi „OTRAJENIYE s Dmitriyem Liskovim“ axborot-tahliliy dasturining muallifi va boshlovchisi boʻlib faoliyat olib borgan.
Liskov 2015-yildan „Vzglyad“ onlayn nashrining doimiy muallifi boʻlgan va u yerda tarixiy mavzularda maqolalar chop etgan. 2016-yil Rossiyada 1917-yilgi inqilobning 100 yilligiga bagʻishlangan qator maqolalari chop etdi.
Professional yutuqlari 2013-yilda Rossiya Jurnalistlar uyushmasining „Eng yaxshi teledastur“ maxsus mukofoti „PRAVDA?DA!“ dasturiga topshirildi.
Teleboshlovchi Dmitriy 2018-yil 7-may kuni Rossiya prezidentidan „Rossiya Federatsiyasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishdagi faol ishtiroki uchun“ minnatdorchilik maktubi olgan.
2018-yilda Matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar federal agentligi „Sanoatdagi koʻp yillik samarali mehnati, mahalliy televideniye va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ minnatdorchilik bildirildi.
Dmitriy Yuryevich 2019-yilda TEFI sanoat televideniyesi mukofotiga nomzod boʻlgan va Andrey Norkin (NTV) va Dmitriy Kulikov (TVC) bilan birga finalga chiqqan.
Oilasi Dmitriy oilali. Ikki nafar farzandi – bir oʻgʻil va bir qizi bor.
Manbalar
Turkum:Rossiya tarixchilari Turkum:Rossiyalik jurnalistlar Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:13-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Rossiya yozuvchilari