Anton Vladimirovich Tsirin (1987-yil 10-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSRKto nash? Kto ne nash?, SSSR) – Qozogʻistonlik futbolchi va darvozabon. Vladimir Tsirinning oʻgʻliOtsi i deti.

Faoliyati Klub Pavlodar futboli bitiruvchisi. Birinchi murabbiylari S. Abdualiev, E. Belov, V. Yaryshev, E. Chevelevlar boʻlgan.

2006-yildan Qozogʻistonning „Irtish“ klubining zaxira darvozaboni va oʻyinchisi boʻlgan. Anton oʻzining birinchi oʻyinini 2008-yilda, „Irtish“ Qozogʻiston chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan mavsumda oʻyinga tushgan. 2010-yilning yangi mavsumida birorta ham oʻyinda maydonga tushmadi. 2011-yilda jarohatdan soʻng, Loriya Tsirin asosiy jamoadan joy olib, 22 ta oʻyin oʻtkazadi. UEFA Yevropa ligasi oʻyinlarida qatnashib, hatto Qozogʻiston terma jamoasida ham oʻynaganAnton Tsirin: „Ya uporno trenirovalsya i nadeyalsya“.

2012-yilning yanvarida oʻyin amaliyotini izlab, Tsirin ijara asosida „Ural Akjayk“ ga qabul qilinadiTsirin prodoljit kareru v „Akjayike“.

2013-yil yanvar oyida u Taldiqoʻrgʻonning „Jetisu“ klubi bilan shartnoma imzolaydiTsirin podpisal kontrakt s „Jetisu“. Ural jamoasi bosh murabbiyi, litvalik Saulius Shirmelisdan ketganidan keyin qayta koʻchib oʻtadi.

Tsirin 2014-yilgi mavsumda Atirauda oʻynagan. Lekin, Vladimir Nikitenko jamoasida atigi 3 ta oʻyinda 5 ta gol oʻtkazib yuborgan. Noyabr oyida Tsirin yana oʻzining tugʻilgan „Irtish“ klubiga qaytib keladiTsirin pokinul „Atirau“ radi kareri v „Irtishe“.

Anton 2015-yil uchun Oqjetpesga ijaraga beriladiTsirin popolnit „Okjetpes“. 2016-yilgi mavsumda Tsirin oʻz klubiga qaytib, 8 ta oʻyinda maydonga tushgan. Jamoa bilan bronza medallarini qoʻlga kiritadi.

2017-yilda Anton Tsirin Qiziloʻrdaning „Qaysar“ klubiga erkin agent sifatida oʻtgan. Lekin, jamoaga moslasha olmay, „Qaysar M“ yoshlar jamoasida bir necha oʻyin oʻtkazgan. Keyin koʻp oʻtmay yana Pavlodarga qaytadi.

2018-yil yanvar oyida Tsirin Petropavlovskning „Qizil-Jar SK“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Ammo, jamoa birinchi ligaga tushib ketgan.

2019-yil yanvar oyida Tsirinning „Irtish“ klubiga uchinchi marta qaytib keladi. Bosh murabbiy Dimitrov shov-shuvli tarzda ketganidan soʻng, uning tarafdorlari jamoasining yarmi Irtishni tark etadi. Shu jumladan, iyul oyida Tsirin ham klubdan ketadiNe pustili na trenirovku. Kazaxstanskiy vratar raskril nyuansi rasstavaniya s „Irtishom“.

Terma jamoada 2011-yil 10-avgustda 24-yoshga toʻlgan kuni Qozogʻiston terma jamoasi safida Suriya termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladiAnton, nashi pozdravleniya!. Chexiyalik murabbiy Miroslav Beranek ikkinchi boʻlimda Tsirinni 0:0 hisobida maydonga tushirgan. Oʻyin Astanada boʻlib oʻtib, 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlanadi. Milliy terma jamoadagi ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinini 2012-yilning 1-iyun kuni Olmaota shahrida Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Oʻyin 5:2 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlanadi. ikkinchi boʻlimda yana Tsirin maydonga tushib, oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Mukofotlari „Irtish“ Bronza medali sovrindori (Qozog‘iston chempionati 2008, 2010, 2016).

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:Oqjetpes klubi futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:FC Akzhayik futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik futbol murabbiylari