Valeri Tixonenko (, 1964-yil 19-avgustda tugʻilgan) – nafaqadagi sovet va rus professional basketbolchisi, sport murabbiyi. Oʻzining futbolchilik faoliyati davomida kichik hujumchi va kuchli hujumchi pozitsiyalarida oʻynadi. Asosiy pozitsiyasi esa hujumchi boʻlgan. U terma jamoa musobaqalarida Sovet Ittifoqi va Rossiyani himoya qilgan. Sovet Ittifoqi bilan 1988-yildagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Faoliyati Tixonenko Atlanta Xouks tomonidan 1986-yildagi NBA loyihasining 7-raundida 157-chi tanlov bilan tanlangan. U pro-klubdagi faoliyati davomida Moskvaning CSKA jamoasi bilan uchta Rossiya chempionligini qoʻlga kiritadi (1998, 1999, 2000).
Terma jamoadagi faoliyati Tixonenko Sovet Ittifoqining katta terma jamoasi bilan 1984-yilgi Doʻstlik oʻyinlarida (1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarining muqobil turniri) va 1985-yildagi EuroBasketda oltin medalni, 1986-yilgi FIBA Jahon kubogida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1987-yilgi EuroBasket, 1988-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medal, 1989-yilgi EuroBasketda bronza medalini va 1990-yilgi FIBA Jahon kubogida kumush medalni qoʻlga kiritadi. 1992-yildagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Yagona jamoa aʼzosi sifatida oʻynagan.
Rossiya terma jamoasi aʼzosi sifatida 1998-yilgi FIBA Jahon chempionatida va 1999 yilgi EuroBasketda oʻynab, kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Valeri 2011-yilda Qozogʻiston ligasining „Astana“ klubining bosh menejeri boʻladi.
Shaxsiy hayoti Tixonenko Rossiya armiyasida podpolkovnik boʻlgan.
Mukofatlari
SSSR „Buyuk mehnati uchun“ medali SSSR Xalqlar doʻstligi ordeni SSSR „Shon-sharaf belgisi“ ordeni SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1988) Rossiyaning „Doʻstlik“ ordeni
Manbalar
Havolalar
FIBA profili FIBA Yevropa profili Sports-Reference.com profili Basketball-Reference.com profili Ispaniya ligasi profili Ispaniya ligasi arxivi profili EuroLeague murabbiy profili Tixonenko
Turkum:Angren kishilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Angrenda tugʻilganlar