Shuhrat Muratovich Mamadjanov (1979-yil 2-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – huquqshunos va siyosatchi, 3-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, adliya organlari va muassasalarining „2-darajali adliya maslahatchisi“ darajasiga ega.

Tarjimai holi

Bolaligi va taʼlimi Shuhrat Mamajonov 1979-yil 2-fevralda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahrida tugʻilgan.

Mamajanov 1995-yilda Toshkent shahridagi 18-maktabni tamomlagan. 2002-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti (sobiq Toshkent davlat universiteti) yuridik fakultetining huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha bitirgan. 2004-yilda shu universitetning magistraturasini bitirgan.

Karyerasi 2005–2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining jinoyat, maʼmuriy va ijtimoiy Qonunchilik boshqarmasida turli lavozimlarida ishlagan.

Shuhrat Mamajanov 2012-yil noyabrdan 2015-yil yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining jinoyat, maʼmuriy va ijtimoiy Qonunchilik boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

Shuhrat Muratovich 2014-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining III chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2015–2019-yillarda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi va korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Mukofotlari Shuhrat 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan „Sodiq xizmatlari uchu“ medali bilan mukofotlangan.

2016-yil „Oʻzbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ koʻkrak nishoni, 2017-yil „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ koʻkrak nishoni, 2022-yil „Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil“ koʻkrak nishoni hamda shu yili „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Oilasi Shuxrat oilali, ikki nafar farzandi bor.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:2-fevralda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar