Erast Fyodorovich Poyarkov (1886-yil 1-fevral, Toʻqmoq shahri – 1955-yil 9-noyabr, Toshkent) – biolog, ipak qurti boʻyicha mutaxassis.
Biografiyasi Erast Fyodorovich 1886-yil 1-fevralda Toʻqmoq shahrida harbiy shifokor F. V. Poyarkov oilasida tavallud topgan. Poyarkovlar oilasi 1895-yilda Bishkekka, 1900-yilda esa Verniyga koʻchib oʻtgan. 1904-yilda Vernenskiy erkaklar gimnaziyasini tugatgan. Erast Fedorovich gimnaziya oʻqituvchisi Pol Gourdening tavsiyanomasiga koʻra oʻqishni Fransiyada, Bordeauxda davom ettirishga qaror qilgan. Erast bolaligidan doʻst boʻlgan Mariya Davidovna Triyers bilan birga Bordoga joʻnaydi. Ular Bordoda turmush qurishdi va farzandlari boʻlishdi. Ularga Vladimir va Mariya deb ism qoʻyishdi. Poyarkov Bordo universitetini kumush medal bilan tamomlagan va Parijda Sorbonna universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Fransiyada mashhur fransuz olimlari (professor Perez, akademik Jiar, professor Kollari) rahbarligida Vimere va Arkanshon dengiz biologik stansiyalarida ishlagan.
Poyarkov Rossiyaga qaytib kelgach, Petrograddagi Eksperimental veterinariya institutida ishladi. Inqilobdan keyin Moskvaga koʻchib oʻtdi va u yerda tasodifan gimnaziyadagi doʻsti Mixail Vasilyevich Frunze bilan uchrashdi. Frunze uni Oʻrta Osiyoga, oʻsha paytda Turkiston universiteti tashkil etilgan Toshkent shahriga qaytishga koʻndirdi. Professor Erast Fedorovich 1920-yilda tashkil etilgan universitetda pillachilik kursidan dars berdi. 1923-yilda Toshkent pillachilik stansiyasida ilmiy xodim boʻlib faoliyat olib borgan.
1929-yilda Erastning ipakchilik va ipak qurti biologiyasiga bagʻishlangan „Tutoviy shelkopryad“ asari nashr etildi.
Xotirasi Ipak qurti kasalliklariga qarshi kurashish uchun ishlab chiqqan usul Erast Fyodorovich Poyarkov sharafiga „Poyarkov biometodi“ deb nomlandi.
Manbalar
Turkum:SSSRda qatag‘on qilinganlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchilari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1955-yilda vafot etganlar Turkum:9-noyabrda vafot etganlar Turkum:1886-yilda tugʻilganlar Turkum:1-fevralda tugʻilganlar