Nikolay Nikolayevich Onoprienko (1911–1979) – sovet ofitseri, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945) va polkovnik (1944).

Hayoti Nikolay Onoprienko 1911-yil 19-dekabrda Oʻyil qishlogʻida (hozirgi Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati) tugʻilgan.

Yetti yillik maktabni tugatib, avval otasining fermasida, keyin kolxozda ishlagan.

1931-yil iyul oyida Ishchi va dehqon Qizil Armiyasi safiga chaqiriladi. 1932-yilda Oʻrta Osiyo harbiy okrugi (Oʻzbekiston SSR, Termiz) 14-Turkiston togʻli otishmalar polkiga qarashli polk maktabini tamomlagan. Soʻngra, shu polkda otryad komandiri va vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilishni davom ettirgan. 1935-yilda Toshkentdagi V. I. Lenin nomidagi Birlashgan Oʻrta Osiyo harbiy bilim yurtining toʻliq kursiga imtihon topshirgan. 247-piyoda polkida esa vzvod komandiri, rota komandiri yordamchisi, rota komandiri lavozimlarida xizmat qilishni davom ettiradi. 1938-yil dekabr oyida oʻqishga yuborilgan. 1939-yilning iyul oyida „Vystrel“ piyoda ofitserlari uchun Oliy miltiq va taktika malaka oshirish kurslarini tugatgan. Oʻqishni tugatgandan keyin, Oʻrta Osiyo harbiy okrugi 83-Turkiston otishma diviziyasining 45-togʻ otishma polkiga oʻtkazilgan. U yerda razvedka rotasi komandiri, 1939-yil oktyabrdan polk maktabi boshligʻi, 1941-yil avgustdan polk komandirining jangovar ishlari boʻyicha yordamchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Urush tugagandan soʻng, N. N. Onoprienko Sovet Armiyasida xizmat qilishni davom ettiradi. 1947-yil fevral oyida Sovet Qurolli Kuchlarining qisqarishi bilan komandir lavozimiga tayinlangan. 1947-yil noyabr oyidan boshlab Chkalov shahridagi Chkalovskiy (Dzerjinskiy) tumani harbiy komissariOrenburjsi – Geroi Sovetskogo Soyuza. boʻlgan. 1954-yil sentyabr oyida polkovnik N. N. Onoprienko zaxiraga oʻtkaziladi.

Nikolay Onoprienko Orenburgda yashabDo 1957 goda gorod Chkalov., Obldorstroytrestda ishlaganGeroi Otechestva. // Vecherniy Orenburg. – 2022. – 14 sentyabrya. – № 68.. 1979-yil 12-noyabrda vafot etgan. Orenburgda dafn qilingan. Qarindoshlari ham vafot etgandan soʻng, qahramonning dafn qilingan joyi tashlandiq holatda qoldirilgan. 2014-yilda qayta tiklanib, yangi qabr toshi oʻrnatiladi. right|thumb| N. N. Onoprinko qabridagi yangilangan qabr toshi.

Mukofotlari

Sovet Ittifoqi Qahramonining „Oltin Yulduz“ medali (29.06.1945) Lenin ordeni (29.06.1945) uchta Qizil Bayroq ordeni (02.11.1943, 07.13.1943, 06.13.1952) 3-darajali Suvorov ordeni (28.04.1944) 3-darajali Kutuzov ordeni (16.02.1945) Aleksandr Nevskiy ordeni (6.10.1943) Qizil yulduz ordeni (30.04.1947) „Jasurlik uchun“ medali (20.09.1942) Jangovar xizmatlari uchun medali (3.11.1944) „Moskva mudofaasi uchun“ medali (1944) „Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali SSSRning boshqa medallari Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri (Buyuk Britaniya, 05.10.1944Kartoteka inostrannix nagrad. // OBD „Pamyat naroda“.) Jasurlar xochi (Polsha) „Gʻalaba va erkinlik“ medali (Polsha) „Odra, Nisa va Boltiqboʻyi uchun“ medali (Polsha)

Xotirasi

Qahramon nomi Orenburgdagi Qahramonlar xiyobonidagi granit plitaga oʻyib yozilganInformatsiya na sayte obщestvennogo proekta Privoljskogo federalnogo okruga „Geroi Otechestva“.. Qahramon nomi Orenburg Xotira uyidagi marmar lavhada abadiylashtirilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. – M.: Voenizdat, 1988. – T. 2 /Lyubov – Yaщuk/. – 863 s. – 100 000 ekz. – ISBN 5-203-00536-2. Kollektiv avtorov. Velikaya Otechestvennaya: Komdivi. Voenniy biograficheskiy slovar. Komandiri strelkovix, gornostrelkovix diviziy, krimskix, polyarnix, petrozavodskix diviziy, diviziy rebolskogo napravleniya, istrebitelnix diviziy. (Ibyanskiy – Pechenenko). – M.: Kuchkovo pole, 2015. – T. 4. – S. 1038—1040. – 330 ekz. – ISBN 978-5-9950-0602-2. Rossovskiy V. P. Zolotie zvyozdi Orenburjya: biograficheskiy spravochnik. – Chelyabinsk: Yujno-Uralskoe knijnoe izdatelstvo, 1989. – S. 321—322. – 508 s. – ISBN 5-7688-0185-5. Zolotie zvyozdi Orenburjya: biograficheskiy spravochnik / V. P. Rossovskiy; red. Ye. A. Urbanovich; res. U. A. Batirov, N. M. Rumyansev. – izd. 2-e, pererab. i dop. – Orenburg: IPK „Yujniy Ural“, 2005. – S. 60—61. – 595 s. – ISBN 5-94461-009-3. Moxunov G. A. Geroi Orenburjya. – Izd. 3-e, dop. i pererab. – Orenburg: OGAU, 2016. – 374 s. – ISBN 978-5-88838-982-9. Orenburjsi – Geroi Sovetskogo Soyuza: bibliograficheskiy ukazatel / Bibliogr. otd.; sost. N. A. Kuznesova. – 1. – Orenburg: Oblastnaya nauchnaya biblioteka imeni N. K. Krupskoy, 1987. – S. 89—90. – 155 s. Aktyubinsi – Geroi Sovetskogo Soyuza. – Alma-Ata, 1966. – S. 39—40. Vo imya Rodini. – Izd. 2-e. – Moskva, 1982. Geroi Sovetskogo Soyuza – kazaxstansi / pod red. N. Zvereva. – Alma-Ata: Kazaxstan, 1968. – T. 2. – S. 135—136. – 25 600 ekz.

Havolalar

Orenburjsi – Geroi Sovetskogo Soyuza

Turkum:Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti bitiruvchilari Turkum:Varshavani ozod qilganlik uchun medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Moskva mudofaasi uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:12-noyabrda vafot etganlar Turkum:1911-yilda tugʻilganlar Turkum:19-dekabrda tugʻilganlar