Liberiya Respublikasi prezidenti Liberiya davlati va hukumati rahbaridir. Prezident ijroiya hokimiyati rahbari va Liberiya Qurolli Kuchlarining bosh qoʻmondoni vazifalarini bajaradi.

1847-yilda Liberiya mustaqillikka erishgunga qadar Liberiya Hamdoʻstligida ijro etuvchi hokimiyatni Liberiya gubernatori boshqargan. Ushbu rahbar Amerika mustamlakachilik jamiyati tomonidan tayinlangan. 1847-yilgi Konstitutsiya gubernatorlikning ijro etuvchi vakolatlarini prezidentlikka oʻtkazdi. Bunda asosan Qoʻshma Shtatlar prezidentligidan namuna olingan.

1847-yildan 1980-yilgacha prezidentlik lavozimini faqat ameriko-liberiyaliklar, Liberiyaga koʻchib kelganlar va ularning avlodlari egallagan. Respublikachilar partiyasi va Haqiqiy viglar partiyasidan iborat boʻlgan dastlabki ikki partiyaviy tizim 1878-yilda tugagan. Oʻshanda Anthony W. Gardinerning saylanishi haqiqiy viglar boshchiligidagi 102 yillik bir partiyaviy tizimning boshlanishi edi. 1980-yilda Samuel Doe boshchiligidagi norozi armiya zobitlari amalga oshirgan davlat toʻntarishidan soʻng Haqiqiy viglarning bir partiyaviy boshqaruvi tugab, prezidentlik oʻrni 1985-yilgi umumiy saylovlarda Doe saylangunga qadar boʻshab qoldi. Bundan tashqari, prezidentlik lavozimi 1990-yilda Doe agʻdarilib, oʻldirilganidan soʻng boshlangan birinchi Liberiya fuqarolar urushi davrida yetti yilga va 2003-yilgi Ikkinchi Liberiya fuqarolar urushi tugaganidan keyin yana ikki yilga boʻshab qoldi.

1986-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, prezident saylov huquqiga ega boʻlganlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri olti yillik muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Umuman olganda, 25 kishi, jumladan, Afrikada birinchi saylangan ayol davlat rahbari Ellen Johnson Sirleaf prezident lavozimida ishlagan. 2018-yil 22-yanvarda George Weah Liberiyaning yigirma beshinchi va amaldagi prezidenti sifatida qasamyod qildi.

Tarixi

1838-yilda Liberiya Hamdoʻstligi tashkil etilgandan soʻng, ijro etuvchi hokimiyat Liberiya gubernatori zimmasiga yuklangan boʻlib, u Amerika mustamlakachilik jamiyatining roziligi bilan tayinlanib, xizmat qilgan. Birinchi gubernator Thomas Buchanan 1838-yildan 1841-yil, vafotigacha xizmat qilgan. Uning oʻrniga Liberiya gubernatori lavozimini birinchi afrikalik shaxs Joseph Jenkins Roberts egalladi.

1847-yilda mustaqillikka erishgach, Roberts Liberiyaning birinchi prezidenti etib saylandi. 1847-yilgi Konstitutsiyada mahalliy aholining saylov huquqini rad etilib, saylovchilar uchun koʻchmas mulkka egalik qilish talabi qoʻyildi. Natijada, 1980-yilda etnik krahn Samuel Doe boshchiligidagi harbiylar prezident William Tolbertni hokimiyatdan agʻdarib, oʻldirgunga qadar prezidentlik lavozimini faqat ameriko-liberiyalik shaxslar egallab kelishdi. Prezidentlik lavozimi 1980-yildan 1986-yilgacha boʻsh qoldi. Ijro etuvchi hokimiyatni Doe Xalq qutqaruv kengashi rahbari sifatida amalga oshirgan. Doe 1985-yilgi umumiy saylovda prezident etib saylanib, Ameriko-liberiyalik elitadan boʻlmagan birinchi prezidentga aylandi. Doe 1990-yilda birinchi Liberiya fuqarolar urushi boshlanganidan soʻng hokimiyatdan agʻdarilib, oʻldirilgan. Urush davomida prezidentlik lavozimi boʻsh qolgan.

1997-yilgi umumiy saylovlar natijasida Charles Taylor prezident boʻlib, 2003-yil 11-avgustda Ikkinchi Liberiya fuqarolar urushini tugatish boʻyicha tinchlik bitimi doirasida isteʼfoga chiqqunga qadar hokimiyatda qoldi. Charlesning vorisi Moses Blah oʻsha yilning 13-oktyabrida ijro hokimiyatini Liberiya Milliy oʻtish davri hukumati raisi Gyude Bryantga topshirdi. 2005-yilda Ellen Johnson Sirleaf birinchi ayol prezident etib saylanganidan keyin prezidentlik faoliyati 2006-yil 16-yanvardan qayta tiklandi.

George Weah 2017-yilda Liberiyaning 25-prezidenti sifatida ish boshladi. Amaldagi prezident Ellen Johnson Sirleaf 91-sonli Ijroiy farmonni imzoladi. Shu asosda Liberiya „hokimiyatning 70 yildan ortiq vaqt davomida demokratik yoʻl bilan saylangan bir prezidentdan boshqa bir demokratik yoʻl bilan saylangan prezidentga oʻtkazilishini boshdan kechirmagani sababli, Prezidentlikning oʻtish davri boʻyicha Qoʻshma guruh tuzildi [...]“.

Vakolat va majburiyatlar

Liberiya prezidentligi asosan Qoʻshma Shtatlar prezidentligidan namuna olgan.

Ijroiya funksiyalari

1986-yilgi Konstitutsiya prezidentga Senatning maslahati va roziligi bilan vazirlar mahkamasining barcha vazirlari, sudyalar, elchilar, sheriflar, okrug amaldorlari va harbiy xizmatchilarni tayinlash huquqini beradi. Bundan tashqari, prezident oʻz xohishiga koʻra barcha tayinlanganlarni lavozimidan ozod qilish huquqiga ham ega. Prezident shuningdek, afv etishi yoki jazo va jarimalarni bekor qilishi mumkin. Prezident tashqi siyosatning barcha masalalarini boshqaradi, ammo har qanday shartnomalar yoki xalqaro hujjatlar Qonunchilik palatasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Bundan tashqari, prezident Liberiya Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni ham hisoblanadi.

Konstitutsiya, shuningdek, prezidentga urush yoki fuqaroviy tartibsizliklar vaqtida zaruratga qarab favqulodda holat eʼlon qilish va fuqaroviy erkinliklarni toʻxtatib qoʻyish huquqini beradi. Habeas korpus bundan mustasno. Deklaratsiyadan keyin yetti kun ichida prezident Qonun chiqaruvchi organga deklaratsiya sabablarini bayon qilishi kerak. Keyin ikkala palata ham uchdan ikki qism koʻpchilik ovoz bilan uni ma’qullashi kerak. Aks holda, prezident favqulodda holatni bekor qilishi kerak.

Qonunchilik funksiyalari

Prezident Vakillar palatasi va Senat qabul qilgan barcha qonun hujjatlarini imzolashi kerak. Prezident har ikki palatada uchdan ikki qism koʻpchilik ovoz bilan bekor qilinishi mumkin boʻlgan har qanday qonunga veto qoʻyish huquqiga ega. Bundan tashqari, qonun loyihasini imzolash uchun yigirma kunlik muddat tugashi qonun chiqaruvchi organning tanaffusiga toʻgʻri kelganda, prezident qonun hujjatlarini imzolashdan bosh tortish orqali shaxsiy veto qoʻyishi mumkin. Prezident milliy manfaatlar uchun zarur deb topilganda, qonun chiqaruvchi majlis muddatini kechiktirishi yoki navbatdan tashqari sessiya chaqirishi mumkin. Prezident, shuningdek, har yili qonun chiqaruvchi organga mamlakat holati toʻgʻrisida hisobot berishi kerak.

Nomzodga talablar

Amaldagi Konstitutsiyaga koʻra, prezidentlikka nomzod quyidagi sifatlarga ega boʻlishi kerak:

Liberiyada tugʻilgan fuqaro boʻlish (Konstitutsiyaning 27 (b) moddasiga binoan, fuqarolik „qora tanli yoki qora tanli kelib chiqish“ bilan cheklangan); oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmasligi; kamida 25,000 AQSh dollari qiymatidagi koʻchmas mulk egasi boʻlishi; kamida oʻn yil davomida Liberiyada muqim yashagan boʻlishi.

Bundan tashqari, prezidentlikka nomzod Liberiya vitse-prezidenti bilan bir okrugdan boʻlmasligi kerak.

Muddat va saylov

1847-yilgi dastlabki Konstitutsiyaga koʻra, prezident ikki yillik muddatga saylangan. 1907-yil 7-mayda bu muddat toʻrt yilga uzaytirilgan. Ushbu tuzatishga koʻra, yangi prezident sakkiz yil xizmat qila olar va cheksiz toʻrt yillik muddatga qayta saylanishi mumkin edi. William Tolbert prezidentligi davrida Konstitutsiyaga prezidentni bitta sakkiz yillik muddat bilan cheklaydigan oʻzgartirish kiritildi. 1976-yilga kelib qonun chiqaruvchi organlarda avvalgi tizimga qaytish uchun chaqiriqlar paydo boʻldi. Biroq Tolbert mavjud tizimni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qilib, muddat chegaralarini olib tashlash uchun har qanday konstitutsiyaviy tuzatishlarga veto qoʻyishga vaʼda berdi."Pres. Tolbert Says 'No' To Evil Tradition: Vows to Veto Any Amendment To Keep Him In Office". [Monrovia] Sunday Express 1976-03-21: 1/2..

Hozirda prezident umumiy ovoz berish yoʻli bilan olti yildan ikki muddatga saylanadi. 1986-yilgi Konstitutsiyaga muvofiq, prezidentlik saylovlari ikki bosqichli tizimda amalga oshiriladi. Bunda birinchi turda yagona nomzod koʻpchilik ovozga ega boʻlmasa, eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod oʻrtasida ovoz berishning ikkinchi bosqichi oʻtkaziladi. Har bir muddat saylovdan keyingi yil yanvar oyining uchinchi dushanbasi tush vaqtida boshlanadi va tugaydi. Oʻz inauguratsiyasi vaqtida har bir prezident Konstitutsiyaga muvofiq, Konstitutsiyani saqlash va himoya qilishga hamda qonunni sodiqlik bilan bajarishga vaʼda berib, prezidentlik qasamyodini qabul qilishi shart. Qasamyodni Liberiya bosh sudyasi qonun chiqaruvchi organning qoʻshma sessiyasi oldida oʻtkazadi.

Rezidensiya

2006-yil iyul oyida sodir boʻlgan yongʻin tufayli zarar yetgan rezidensiyaning ayrim qismlarida taʼmirlash ishlari olib borilayotgan edi. Natijada prezident idorasi yaqin atrofdagi Tashqi ishlar vazirligi binosiga koʻchirilgan. 2022-yilning 14-fevralida rezidensiya qayta ochilgan.

Boshqaruvchilar roʻyxati

Siyosiy partiyalar

Boshqa fraksiyalar

Tasvir Ismi Vakolat muddati Siyosiy partiyasi SaylanganVitse prezident Lavozimga kelgan Lavozimdan ketgan Lavozimdagi vaqti 1 Joseph Jenkins Roberts 1848-yil 3-yanvar 1856-yil 7-yanvar Mustaqil 1847 Nathaniel Brander 1849 Anthony D. Williams 1851 1853 Stephen Allen Benson 2 Stephen Allen Benson 1856-yil 7-yanvar 1864-yil 4-yanvar Mustaqil 1855 Beverly Page Yates 1857 1859 Daniel Bashiel Warner 1861 3 Daniel Bashiel Warner 1864-yil 4-yanvar 1868-yil 6-yanvar Respublikachilar partiyasi 1863 James M. Priest 1865 4 James Spriggs Payne 1868-yil 6-yanvar 1870-yil 3-yanvar Respublikachilar partiyasi 1867 Joseph Gibson 5 Edward James Roye 1870-yil 3-yanvar 1871-yil 26-oktyabr True Vhig partiyasi 1869 James Skivring Smith 6 James Skivring Smith 1871-yil 26-oktyabr 1872-yil 1-yanvar True Vhig partiyasi Vakant 7 Joseph Jenkins Roberts 1872-yil 1-yanvar 1876-yil 3-yanvar Respublikachilar partiyasi 1871 Anthony W. Gardiner 1873 8 James Spriggs Payne 1876-yil 3-yanvar 1878-yil 7-yanvar Respublikachilar partiyasi 1875 Charles Harmon 9 Anthony W. Gardiner 1878-yil 7-yanvar 1883-yil 20-yanvar True Vhig partiyasi 1877 Alfred Francis Russell 1879 1881 10 Alfred Francis Russell 1883-yil 20-yanvar 1884-yil 7-yanvar True Vhig partiyasi Vakant 11 Hilary R. W. Johnson 1884-yil 7-yanvar 1892-yil 4-yanvar True Vhig partiyasi 1883 James Thompson 1885 1887 1889 12 Joseph James Cheeseman 1892-yil 4-yanvar 1896-yil 12-noyabr True Vhig partiyasi 1891 William D. Coleman 1893 1895 13 William D. Coleman 1896-yil 12-noyabr 1900-yil 11-dekabr True Vhig partiyasi Vakant 1897 Joseph J. Ross 1899 Vakant 14 Garretson W. Gibson 1900-yil 11-dekabr 1904-yil 4-yanvar True Whig Party 1901 Joseph D. Summerville 15 Arthur Barclay 1904-yil 4-yanvar 1912-yil 1-yanvar True Vhig partiyasi 1903 Vakant 1905 J. J. Dossen 1907 16 Daniel Edward Howard 1912-yil 1-yanvar 1920-yil 5-yanvar True Vhig partiyasi 1911 Samuel George Harmon 1915 17 Charles D. B. King 1920-yil 5-yanvar 1930-yil 3-dekabr True Vhig partiyasi 1919 Samuel Alfred Ross 1923 Henry Too Wesley 1927 Allen Yancy 18 Edwin Barclay 1930-yil 3-dekabr 1944-yil 3-yanvar True Vhig partiyasi James Skivring Smith Jr. 1931 1939 19 William Tubman 1944-yil 3-yanvar 1971-yil 23-iyul True Vhig partiyasi 1943 Clarence Lorenzo Simpson 1951 William Tolbert 1955 1959 1963 1967 1971 20 William Tolbert 1971-yil 23-iyul 1980-yil 12-aprel True Vhig partiyasi Vakant James Edward Greene 1975 Vakant Bennie Dee Warner— Samuel Doe Xalq qutqaruv kengashi rahbari Harbiy /Milliy demokratik partiya 21 1986-yil 6-yanvar 1990-yil 9-sentyabr 1985 Harry Moniba— Amos Sawyer Milliy birlik muvaqqat hukumati prezidenti Liberiya Xalq partiyasi— David D. Kpormakpor Davlat kengashi raisi Mustaqil— Wilton G. S. Sankawulo Davlat kengashi raisi Mustaqil— Ruth Perry Davlat kengashi raisi Mustaqil 22 Charles Taylor 1997-yil 2-avgust 2003-yil 11-avgust Milliy vatanparvarlik partiyasi 1997 Enoch Dogolea Vakant Moses Blah 23 Moses Blah 2003-yil 11-avgust 2003-yil 14-oktyabr Milliy vatanparvarlik partiyasi Vakant— Gyude Bryant Oʻtish davri hukumati raisi Liberiya Harakat partiyasi 24 Ellen Johnson Sirleaf 2006-yil 16-yanvar 2018-yil 22-yanvar Birlik partiyasi 2005 Joseph Boakai 2011 25 George Weah 2018-yil 22-yanvar Amaldagi Demokratik oʻzgarish uchun kongress 2017 Jewel Taylor

Xronologiya

Manbalar