Arva bint Mansur al-Himyoriy (), shuningdek, Ummu Muso () Abbosiy xalifasi Mansurning () mashhur bosh rafiqasi va uchinchi Abbosiy xalifa al-Mahdiyning onasi.

Biografiyasi

Arva islomgacha boʻlgan davrda (miloddan avvalgi 110 — milodiy 525) ota-bobolari Yamanda hukmronlik qilgan Banu Himyar qabilasidan boʻlgan Mansur al-Himyariyning qizi edi. U Mansurning birinchi xotini edi. Arva Ummu Muso nomi bilan ham mashhur boʻlib, nasl-nasabi Himyoriy podshohlariga borib taqaladi.

Arva Mansur nomi bilan Abbosiylar xalifasi boʻlgan Abu Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammadga turmushga chiqqan. Ularning nikohidan Ja’far va al-Mahdiy nomi bilan xalifa boʻlgan Muhammad ismli ikki o‘g‘il tugʻilgan. Nikohdan oldingi kelishuvga koʻra, Arva tirikligida Mansur boshqa xotin yoki kanizak olishga haqqi yoʻq edi. Mansur bu kelishuvni bir necha bor bekor qilishga uringan boʻlsa-da, Arva har doim qozilarni bunday qilmaslikka koʻndira olgan. Arvaning ikki o‘g‘li Muhammad va Ja’far xalifaning vorislari hisoblangan.

Birinchi oʻgʻli Jaʼfar 742/43-yilda tugʻilgan. Ikkinchi oʻgʻli Muhammad esa 744 yoki 745-yilda Humayma qishlogʻida (hozirgi Iordaniya hududida) tugʻilgan.

Besh yillik hukmronlikdan so‘ng qaynog‘asi as-Saffoh vafot etgach, eri Mansur xalifa bo‘lib, 754-yildan 775-yilgacha qariyb 22 yil hokimiyatni boshqardiSanders, P. (1990). The Meadows of Gold: The Abbasids by MAS‘UDI. Translated and edited by Lunde Paul and Stone Caroline, Kegan Paul International, London and New York, 1989 . Middle East Studies Association Bulletin, 24(1), 50–51. doi:10.1017/S0026318400022549Axworthy, Michael (2008); A History of Iran; Basic, USA; . p. 81.. Mansur 753-yil (hijriy 136) Makkaga ketayotganda xalifa deb e’lon qilingan va keyingi yil qasamyod qilgan. Arva erini faqat ikki oʻgʻlini merosxoʻr qilishga koʻndirgan.

Faqatgina Muhammad xalifa boʻlgan. Katta o‘g‘li esa Mansur xalifaligi davrida vafot etgan. Arva 764-yil, 29 yoshida vafot etgan. Uning vafotidan keyingina Mansur boshqa xotinlar olgan.

Arvaning Yazid ismli akasi boʻlgan. Uning toʻliq ismi Yazid ibn Mansur al-Himyariy.

Arvaning jiyani Mansur ibn Yazid ibn Mansur al-Himyariy xalifalikda muhim lavozimlarni egallagan. 779-yilda ikki oy Misr noibi lavozimida ishlagan; .. 781/2—783-yillarda Yaman noibi; ; ., 796-yilda esa qisqa muddat Xuroson noibi boʻlib ishlagan; ; (calling him Mansur ibn Yazid ibn Khalid); ; ..

Yana qarang

Ummu Salama binti Yaʼqub al-Maxzumiy Fotima binti Muhammad at-Taymiy

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Abbott, Nabia (1946). Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press. Masʼudiy. The Meadows of Gold, The Abbasids. transl. Paul Lunde and Caroline Stone, Kegan Paul, London and New York, 1989.

Al-Tabari; Hugh Kennedy (1990). The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A.D. 763-786/A.H. 146–169. SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press. pp. 148–49.

Turkum:735-yilda tugʻilganlar Turkum:764-yilda vafot etganlar Turkum:8-asr Abbosiy xalifaligi ayollari Turkum:8-asr Abbosiy xalifaligi kishilari Turkum:Abbosiy xalifalarning xotinlari Turkum:8-asr arab kishilari Turkum:Abbosiy xalifalarning onalari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari