Aleksey Nikolayevich Say (1917-yil 26-noyabr, Primorsk oʻlkasi, Olginskiy tumani, Suchan – 1984-yil 27-sentyabr) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxoz brigadiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Hayoti Aleksey Say 1917-yil 26-noyabrda Primorsk oʻlkasi, Olginskiy tumani, Suchan qishlogʻida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. 1933-yilda toʻliq boʻlmagan oʻrta maʼlumot oldi. Aleksey Say keyinchalik ishchilar fakultetida oʻqib, uni 1935-yilda tugatgan. 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. 1938-yildan Yuqori Chirchiq tumanidagi Sverdlov nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, kassir, katta xronometr, ferma mudiri, dala jamoasi rahbari, brigada yordamchisi, pillachilik agrotexniki kabi lavozimlarda mehnat faoliyatini yuritgan. Aleksey Say 1947-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi safiga qabul qilinadi.

1950-yilda Aleksey Say jamoasi 33 gektar maydonda oʻrtacha 95,4 sentnerdan yashil kanop poyasini oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 22-maydagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Urush yillaridagi mehnati uchun unga „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali berilgan.

Aleksey Say 1981-yilda nafaqaga chiqqunga qadar Sverdlov nomidagi kolxozda ishladi. Unga kasaba uyushma ahamiyatiga ega nafaqa tainlangan. U 1984-yil sentyabr oyida vafot etdi va sobiq Sverdlov nomidagi kolxoz qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni Lenin ordeni „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorligʻi.

Adabiyotlar Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019 З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5 Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992 Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993 Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar

Turkum:Yuqori Chirchiq tumani Sverdlov nomidagi kolxozning Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1984-yilda vafot etganlar Turkum:27-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1917-yilda tugʻilganlar Turkum:26-noyabrda tugʻilganlar