Jiyenbay Izbasqanov (1949-yil 12-iyun, Shumanay tumani, Qoraqalpoq ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2023-yil 29-oktyabr) — taniqli qoraqalpoq shoiri. Oʻzbekchada ham ijod qilgan. Oʻzbekiston (?) va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri (2005). Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat mukofoti laureti (?). U „Muhabbatning olmos qirralari“ kitobi va koʻplab sheʼrlari bilan tanilgan. Turli yillarda „Jetkinshek“ gazetasida boʻlim boshligʻi (1982–1985), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot qoʻmitasida boshliq oʻrinbosari (1990–1995), „Qoraqalpogʻiston“ gazetasida bosh muharrir (1995–2010) boʻlib ishlagan. Koʻpgina klassik asarlarni qoraqalpoqchaga tarjima qilgan.

Manbalar