SALOHIDDIN MUHIDDINOV (1936 – yil Oʻzbekiston tumani, Fargʻona vil., 2003 – yil 6 – dekabr Toshkent)- mudarris, imom-xatib va tarjimon.

Tarjimai holi Salohiddin Muhiddinov (Salohiddin qori) 1936 yili Fargona viloyati Oʻzbekiston tumaniga qarashli Islom qishlogʻida tavallud topgan.

Salohiddin qori 1973 yilda muftiy Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon boshchiligidagi guruh bilan ilk bor muborak haj safariga boradi.

Faoliyati Diniy nazorat yoʻllanmasi bilan 1974-1978 yillarda Liviyada oʻqib qaytadi. Shundan keyin 1978 yildan boshlab, umrining oxirigacha TIIda fiqh, islom tarixi, mazhablar tarixi, tafsir va hadis fanlaridan dars bergan.

Salohiddin Muhiddinov 1990-1994 yillarda Movarounnahr musulmonlari idorasida masjidlar boʻlimini boshqargan, 1994-2000 yillari Xalqaro Islom tadqiqot markazida boʻlim mudiri vazifasida ishlagan. 1989-1999 yillarda Chilonzor tumanidagi Katta Qozirobod masjidida, soʻngra 2002 yilgacha Olmazor tumanidagi At-Termiziy masjidida imom-xatiblik qilgan. Salohiddin qori, shuningdek, turli mahalliy va xorijiy ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan, 1991 yilda Marokashda Muhammad alayhissalomning mavludlariga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etgan.

U bir qancha diniy-maʼrifiy maqolalar, „Islomda oʻlim va janoza namozi“ masalalari kitobchasi muallifi.

Tarjima ishlari Shuningdek, Abdulvahob Hallofning ikki jildlik „Usul ul-fiqh“ kitobi tarjimonidir. U yana Burxoniddin Margʻinoniy qalamiga mansub „Al-Hidoya“ asarining ikki jildini nashrga tayyorlashda tarjimonlar guruhiga rahbarlik qilgan. Undagi „Taloq kitobi“, „Nikoh kitobi“ hamda „Bay’ kitobi“ qismlarini oʻzbekchaga oʻgirgan.

Vafoti Salohiddin Muhiddinov 2002 yil 6 dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar Turkum:Toshkentda dafn etilganlar Turkum:Toshkentda ishlaganlar Turkum:Imom-xatiblar

Turkum:Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar