Boris Yefimovich Shtayn (1892-yil, Aleksandrovsk, Yekaterinoslav viloyati – 1961-yil, Moskva) – sovet diplomati, xalqaro tarixchi. Tarix fanlari doktori, professor. Favqulodda va Muxtor elchi. Toshkent universiteti oʻqituvchisi.

Hayoti Boris Yefimovich Shtayn 1892-yilda Aleksandrovskda tugʻilgan.

Petrograd politexnika institutining iqtisodiyot fakultetini tugatgan.

1926-yildan VKP(b) aʼzosi boʻlgan. 1920-yildan diplomatik xizmatda boʻlib, Tashqi ishlar xalq komissarligida turli boʻlimlarni boshqargan. 1922-yilda Genuya va Gaaga konferensiyalarida qatnashgan.

SSSR delegatsiyalarining Bosh kotibi: Jenevadagi Xalqaro iqtisodiy konferentsiyada (1927), Qurolsizlanish boʻyicha Bosh konferentsiyaga tayyorgarlik komissiyasida (1927–1932) 1929-yilda Xalq Komissarligining Ikkinchi Gʻarbiy boʻlimi boshligʻi boʻlgan. SSSRni tark etishni istagan nemislar taqdiri boʻyicha Germaniya hukumati bilan muzokaralarda ishtirok etgan. Sovet Ittifoqining vakolatli vakili: Finlyandiyada (1933-yil 6-yanvar – 1934-yil 25-noyabr) va Italiyada (1934-yil 25-noyabr – 1939-yil 7-oktyabr). Shu bilan birga, 1934–1938-yillarda Millatlar Ligasidagi Sovet Ittifoqi delegatsiyasi aʼzosi boʻlgan.

1939–1945-yillarda ilmiy-pedagogik ish boʻyicha: SSSR Tashqi ishlar Xalq Komissarligi huzuridagi Oliy Diplomatik maktabda (1939-1941) va Toshkent universitetida (1941-1945). 1945–1952-yillarda. SSSR Tashqi ishlar xalq komissarligi markaziy apparatida mas’uliyatli ishda. 1945 yildan Tashqi ishlar xalq komissarligi maslahatchisi (1946 yildan – Tashqi ishlar vazirligi) elchi darajasida.

1952-yilda davom etayotgan antisemit kampaniyasi bilan bogʻliq holda hibsga olingan. 1953-yilda ozod qilingan. Ozodlikka chiqqanidan soʻng yana Oliy diplomatiya maktabida oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan.

SSSRning AQSHdagi sobiq elchisi N.V.Novikov va A.I.Soljenitsin uning professionalligi va diplomat sifatidagi yuksak ahamiyatini taʼkidlashganNovikov N. V. [militera.lib.ru/memo/russian/novikov_nv2/30.html Vospominaniya diplomata]Soljenitsin A. I. Dvesti let vmeste. Ch. 2, gl. 18 .

Boris Yefimovich Shtayn 1961-yilda Moskvada vafot etgan

Mukofotlari Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1945) „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali

Manbalar

Havolalar Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991 Дипломатический словарь Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchilari