Shohrux reper (asli ismi: Shohruh Shodmonov; 1986-yil 31-yanvar; Toshkent shahri, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik mashhur reper, qoʻshiqchi, deputat va yoʻnalishi boʻyicha iqtisodchi. Shohrux reper 2004—2005-yillarda oʻtkazilgan Tarona taqdimotining „Yil yutugʻi“ va „Yil kashfiyoti“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolibi deb topilgan. 2026-yil 28-mayda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.

Ijodiy faoliyati Shohrux reperning ilk konsert dasturi 2006-yilning 17-19-fevral kunlari „Xalqlar Doʻstligi“ saroyida boʻlib oʻtgan. Konsert davomida ijro etilgan 20 ta qoʻshiqning 17 tasi jonli tarzda ijro etilgani aytiladi. 2007-yil 22—25 fevral kunlari boʻlib oʻtgan „Xalqlar doʻstligi“ saroyidagi konsertida rejadagi 22 ta qoʻshiqning barchasini jonli tarzda ijro etilgan.

Shohrux repper 2022-yil 21-oktyabr kuni Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan ijodidagi 15 yillik yubiley konsertini berdi.

Deputatlik faoliyati 2019-yil 22-dekabr kuni Shohruh Shodmonov oʻz nomzodini OʻzLiDePdan koʻrsatgan holda Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga Xalq deputati etib saylangan. Shu munosabat bilan Shohrux Shodmanov ijtimoiy tarmoqlar orqali obunachilarga quyidagi murojaat bilan chiqqan:

Oilasi Shohrux reper 2016-yil 12-may kuni Zlata ismli qiz bilan turmush qurgan. Juftlikning bu toʻyga qadar 2 yoshli farzandi boʻlgani muxlislar oʻrtasida turli muhokamalarga sabab boʻlgan. Shohrux reper bu muhokamalarga quyidagi soʻzlar bilan javob qaytardi:

Manbalar

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Deputatlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar