Kota Kinabalu shahar masjidi () – Malayziyaning Sabah viloyati Kota-kinabalu shahrida joylashgan Sabah davlat masjididan (Sembulan) keyingi mamlakatdagi ikkinchi asosiy masjid. Bosh imom – Ustoz Hoji Hofiz Bin Datuk Doktor Hoji Hamza.

Tarixi Masjid qurishga tayyorgarlik ishlari 1989-yilda, poydevor qoziqlarini oʻrnatish ishlari esa 1992-yilda boshlangan. 1993–1994-yillarda mablagʻ yetishmasligi sababli qurilish birmuncha vaqtga kechiktirilgan. Masjid 2000-yil 2-fevralda Kota-kinabaluga shahar maqomi berilgani eʼlon qilinganidan keyin rasman ochilgan. Masjid qurilishiga 34 million Malayziya ringgiti sarflangan. Arxitektura dizayni Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan Islom olamidagi ikkinchi muqaddas joy hisoblangan Al-Masjid an-Nabaviy masjidi asosida ishlab chiqilgan. Koʻk va oltin ranglardagi gumbaz arab meʼmorchiligidan ilhomlangan holda yaratilgan. thumb| Masjidning old koʻrinishi

Xususiyatlari 14.83 akr maydonga ega masjid (6.00 ga) Janubiy Xitoy dengizi Likas koʻrfazi sohilidagi Pasir yoʻlida bunyod etilgan. Bino qisman inson tomonidan yaratilgan laguna bilan oʻralganTurkum:CS1 Malay-language sources (ms)Turkum:CS1 Malay-language sources (ms). Shu sababli masjidga nisbatan „Suzib yuruvchi masjid“ nomi qoʻllangan. Inshoot bir vaqtning oʻzida 12 000 namozxonni qabul qilish imkoniga ega. Masjidda bankomat, uchta madrasa, palliativ terapiya klinikasi va Malaysia Sabah Universiti bilan hamkorlikda tashkil etilgan baliq fermasi mavjud. 2008-yilda masjidda eshkak eshuvchi qayiqda sayohatlar joriy etilgan boʻlib, tashrif buyuruvchilar qayiqda suzgan holda masjidni koʻrishlari mumkin boʻlgan. Masjid qoʻmitasi aʼzosining taʼkidlashicha, shu yoʻl orqali „masjidni din, iqtisod va ijtimoiy jihatlarni qamrab olgan jamiyat hayotiga koʻproq moslashtirishga“ harakat qilingan.

Masjid umumiy sayyohlik maskani boʻlib, u yerda bir nechta turlar uyushtirish mumkin. Shuningdek, masjid hududiga fotograflarning kirish imkoniyati mavjud. Namoz vaqtidan tashqari binoga musulmon boʻlmaganlar ham tashrif buyurishlari mumkin. Masjidga kelganlar Lonely Planet deb nomlanuvchi uzun shim va yengli libos kiyishlari shart.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar