Al-Rahmon masjidi () – Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan masjid. Bino Jalan Pantai Baxaru shahridagi Malaya universiteti hududida joylashgan. Al-Rahmon masjidiga Malayziyaning birinchi bosh vaziri Tunku Abdulrahmon Putra al-Haj nomi berilgan. Bugungi kunda masjid Malaya universiteti va federal hududiy islom ishlari departamenti (JAWI) tomonidan birgalikda boshqariladi.

Tarixi Masjidning tamal toshi 1962-yilning 6-noyabrida Malayziyaning birinchi Bosh vaziri Almarhum Tunku Abdulrahmon Putra al-Haj tomonidan qoʻyilgan. Ushbu binoning qurilishi taxminan bir yil davom etgan boʻlib, umumiy xarajatlari taxminan 400 000 ringgitni tashkil qilgan.

1963-yil 23-avgustda masjid uchinchi Yang di-Pertuan Agong, perlislik Almarhum Tuanku Said Putra Jamalullail tomonidan rasman ochib berilgan.

Manbalar

Turkum:Malayziyadagi masjidlar