„La Isla Bonita“ () – amerikalik qoʻshiqchi Madonna ijro etgan qoʻshiq. Xonandaning „True Blue“ (1986) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Patrick Leonard va Bruce Gaitsch uni instrumental demo sifatida yaratgan va qoʻshiqchi Michael Jacksonga taklif qilgan. Ammo, Michael Jackson bu taklifni rad etgan. Leonard „True Blue“ ustida ishlashni boshlash uchun Madonna bilan uchrashganida, musiqani eshittirib koʻrgan. Madonna qoʻshiqqa nom oʻylab topgan, qoʻshiq soʻzlarini yozgan va Leonard bilan qoʻshiqqa prodyuserlik qilgan. Qoʻshiqda ispan tilida kuylangan toʻrt satr ham mavjud. Qoʻshiq matni San Pedro nomli orol haqida boʻlib, Madonna bu qoʻshiq uning Lotin amerikaliklarga boʻlgan hurmati ekanligini aytib oʻtgan.
1987-yil 25-fevralda „True Blue“ albomidan beshinchi va oxirgi singl sifatida chiqarilgandan soʻng, „La Isla Bonita“ musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy qabul qilingan va albomning asosiy qismi sifatida taʼkidlangan. Tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlib, Billboard Hot 100 roʻyxatidagi oʻn birinchi beshta eng yaxshi hitlardan biriga aylangan. Qoʻshiqning videoklipida Madonna ikkita qarama-qarshi personajni tasvirlagan: yosh katolik ayol va flamenko raqqosi. Klipga zamonaviy tanqidchilar tomonidan turli xil sharhlar berilgan: baʼzilar ispan tilidagi tasvirlardan foydalanishni muvaffaqiyatli marketing strategiyasi sifatida koʻrishgan boʻlsa, boshqalar esa qoʻshiqchini madaniy oʻzlashtirishda ayblashgan.
Madonna „La Isla Bonita“ taronasini oʻzining sakkizta kontsert gastrollarida kuylagan. Shuningdek, koʻplab sanʼatkorlar, jumladan Ricky Martin va Alizée tomonidan ham kuylangan. „La Isla Bonita“ Madonnaning eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri deb eʼtirof etiladi va uning „Immaculate Collection“ (1990) va „Celebration“ (2009) albomlariga ham kiritilgan.
Treklist US 7-inch single „La Isla Bonita“ – 4:03 „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 4:20
UK 7-inch single „La Isla Bonita“ (7-inch remiks) – 4:01 „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 4:20
US and German 12-inch maxi-single „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 5:28 „La Isla Bonita“ (instrumental) – 5:14
Digital single (2023) „La Isla Bonita“ – 4:05 „La Isla Bonita“ (oʻzgartirilgan remiks) – 4:06 „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 5:33 „La Isla Bonita“ (instrumental kengaytirilgan remiks) – 5:23
1992 Australian and Japanese CD Super Mix; 2019 Record Store Day exclusive green vinyl „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 5:28 „Open Your Heart“ (kengaytirilgan versiya) – 10:38 „Gambler“ – 3:58 „Crazy for You“ – 4:12 „La Isla Bonita“ (instrumental) – 5:21
Jamoa Madonna – qoʻshiqnavis, prodyuser, vokal Bruce Gaitsch – gitara, qoʻshiqnavis Patrick Leonard – dovullar, klavishalar, qoʻshiqnavis, prodyuser Jonathan Moffett – dovullar Paulinho da Costa – perkussiya Siedah Garrett, Edie Lehmann – bek-vokal Michael Verdick – ovoz rejissyori Herb Ritts – fotografoya Jeri McManus – dizayn
Manbalar
Turkum:1986-yil qoʻshiqlari Turkum:Madonna qoʻshiqlari Turkum:Alizée qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar