„Snowman“ – avstraliyalik qoʻshiqchi Sianing qoʻshigʻi boʻlib, 2017-yil 9-noyabrda uning sakkizinchi musiqiy albomining ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq uchun olingan videoklip esa 2020-yil 30-oktabrda chiqqan boʻlsa, videoklipning ikkinchi qismi 2022-yil 22-dekabrda taqdim etilgan.

„Snowman“ tanqidchilarning ijobiy sharhlariga sazovor boʻlgan. Ularning baʼzilari uni „Everyday Is Christmas“ albomidagi eng yaxshi singl deb atashgan. Qoʻshiq 2020-yil noyabr oyida TikTokda juda mashhur boʻlib ketgan.

Tarkibi right|thumb| Qoʻshiqning hammuallifi Greg Kurstin „Snowman“ qoʻshigʻi Sia hamda u bilan tez-tez hamkorlik qilib turadigan Greg Kurstin tomonidan yozilgan. Trek 2 daqiqa 45 soniya davom etadi.

Premyerasi „Snowman“ 2017-yil 7-noyabrda Sianing ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida premyera qilingan. 2017-yil 9-noyabrda esa „Everyday Is Christmas“ albomining ikkinchi singli sifatida raqamli yuklab olish va translatsiya qilish uchun chiqarilgan. Sia „The Ellen DeGeneres“ shousida va „The Voicening“ serialini oʻn beshinchi mavsumining finalida „Snowman“ qoʻshigʻini ijro etgan.

Qabul Slant Magazine jurnali qoʻshiqni „oʻtkinchi romantika“ deb taʼriflagan. Slate nashri esa uni „Everyday Is Christmas“ albomidagi eng yaxshi qoʻshiq degan. NME nashri esa qoʻshiqning TikTok remiks versiyasini ajoyib chiqqanini eʼtirof etgan.

Singl, shuningdek, The Athletic, Esquire, Cosmopolitan nashrlari tomonidan eʼlon qilingan barcha davrlarning eng yaxshi Rojdestvo qoʻshiqlari roʻyxatiga kiritilgan.

Klipi 2020-yil 30-oktabrda rejissyor Lior Molcho tomonidan suratga olingan „Snowman“ videoklipining premyerasi YouTube platformasida boʻlib oʻtgan. 2022-yil 22-dekabrda esa Molcho rejissyorligidagi videoning ikkinchi qismi taqdim etilgan.

Xodimlar Sia – qoʻshiq muallifi, vokal Greg Kurstin – qoʻshiq muallifi, prodyuser, bas, baraban, klaviatura, pianino, muhandis Aleks Pasko – muhandis Julian Burg – muhandis Sherban Ghenea – mikser Jon Xans – aralashtirish muhandisi Kris Geringer – muhandis

Chartlar

Haftalik chartlar + Chart (2017–2023) Oʻrin (ARIA) 16 (Billboard) 21 (Tracklisten) 28 (SNEP) 13 (IFPI) 9 (FIMI) 21 (AGATA) 2 (Recorded Music NZ) 11 (VG-lista) 1 (Polish Streaming Top 100) 3 (Billboard) 20 (RIAS) 21 (Circle) 10 (PROMUSICAE) 54 (Sverigetopplistan) 9 (Billboard) 3 (Vietnam Hot 100) 18

Yillik chartlar + Chart (2021) Oʻrin (Stream Top 40) 92 (Gaon) 123 Chart (2022) Oʻrin (Circle) 124

Chiqarilish tarixi + Mintaqa Sana Format Versiya Leybl Manba Har xil 2017-yil 9-noyabrRaqamli yuklab olish Asl 2020-yil 9-dekabr Raqamli yuklab olish Snowed In & Slowed Down TikTok Remix 2021-yil 29-oktyabrRaqamli yuklab olish

Manbalar

Turkum:Sia qoʻshiqlari Turkum:2017-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar