Tengku Tenga Zahara masjidi () yoki Suzuvchi masjid – Malayziyadagi birinchi haqiqiy suzuvchi masjid. Bino Kuala Terengganu shahridan 4 km uzoqlikda joylashgan Kuala Ibai daryosining estuariyi yaqinidagi Kuala Ibai lagunada joylashgan. Masjidning qurilish ishlari 1993-yilda boshlanib, 1995-yilda yakunlangan. Bino 1995-yilning iyul oyida Terengganu marhum sultoni Almarhum Sulton Mahmud al-Muktafi Billahshoh tomonidan rasman ochib berilgan. Masjid zamonaviy va Mavriyan meʼmorchiligi uygʻunlashuvidan iborat. Qurlish ishlarida marmar, keramika, mozaika ishlari va bomanit qoplamasidan foydalanilgan. Masjidning umumiy maydoni taxminan 5 gektar maydonni egallaydi va bir vaqtning oʻzida 2000 nafargacha tahrif buyuruvchilarni oʻzida sigʻdira oladi .
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar