Ali ibn Abu Tolib jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan. Masjid 1998-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1999-yil 3-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 300 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2018-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar