Sandakan jome masjidi () yoki Masjid Jamek Sheik Hasabollah At-Tohiri nomi bilan ham tanilgan masjid Malayziyaning Sabah shtati Sandakan shahrida joylashgan. 1890-yilda ochilgan ushbu bino Sandakandagi eng qadimgi masjidlardan biri hisoblanadi.

Tarixi Masjid 1890-yilda hindistonlik musulmon mato savdogari Damsah tomonidan ochib berilgan. Ikkinchi jahon urushi paytida shahar musulmonlari masjiddan yaponlardan himoyalanish maqsadida boshpana sifatida foydalangan. Yaponiya harbiylarining fikricha, Sandakan jome masjidi Britaniya askarlari uchun yashirin joy vazifasini oʻtagan boʻlishi mumkin, shu sababli ham masjid urush paytida yaponlar tomonidan bir necha marta oʻqqa tutilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar