Mahallai Aziz jomeʼ masjidi – Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan masjid. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. 1700-yillarda hashar yoʻli bilan qurilgan. SSSR davrida mineral oʻgʻit saqlash ombori sifatida foydalanilgan. 1990-yillardan binodan yana masjid sifatida foydalana boshlanilgan. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 2012–2014-yilda masjid binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan.
Manbalar
Turkum:Xatirchi tumanidagi masjidlar