Penang suzuvchi masjid (), shuningdek, Tanjong Bungah suzuvchi masjid () sifatida ham tanilgan ushbu bino Malayziyaning Penang shati Jorjtaun shahrida joylashgan.
Tarixi left|thumb| Masjidning ichki qismi Kichik masjid ilk marotaba 1967-yilda Tanjong Bungahda qurilgan, keyinchalik 1977-yilga kelib, 500 namozxonni binoda qabul qilish uchun masjid hududi kengaytirilgan. Masjidga tashrif buyuruvchi aholi soni ortib borganligi sababli bino mahalliy musulmon aholisi uchun juda kichik boʻlib qolgan, biroq hududni yanada kengaytirish uchun joy yetishmasligi sababli dengizda masjid qurish gʻoyasi taklif qilingan. Yangi masjid qurilishi 2003-yilda boshlangan boʻlib, ushbu qurilishga umumiy 15 million RM sarflangan. Bino ilk marotaba 2005-yilning yanvar oyida jamoatchilik uchun ochib berilgan. Penang suzuvchi masjidi 2007-yil 16-martda beshinchi Malayziya Bosh vaziri Datuk Seri Abdulloh Ahmad Badaviy tomonidan rasman ochilgan.
Xususiyatlari
Penang suzuvchi masjidi suzuvchi masjid deb nomlansa-da, aslida bino ustunlar asosiga qurilgan, faqatgina toʻlqinlar koʻtarilgandagina bino suv ustida suzuvchi koʻrinishga ega boʻladi. Masjid dizayni Yaqin Sharq va mahalliy meʼmorchilik uslubi uygʻunlashuvidan iborat boʻlib, bitta minoraga ega. Bino bir vaqtning oʻzida 1500 nafar namozxonni sigʻdira olad.
Yana qarang
Tengku Tengah Zaharah masjidi, Kuala Terengganudagi suzuvchi masjid
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Malayziyadagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar