Hazrati Umar jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Guliston tumanida joylashgan. Masjid 1991—1993-yillarda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 30-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 800 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2018-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar