Hazrati Ali jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida joylashgan. Masjid 1992-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 14-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 600 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2019-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar