Poyi Ostona jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan. Masjid XVIII asrda qurilgan. 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 280 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2017-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Buxorodagi masjidlar