The Highlights — kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning ikkinchi eng katta xitlar albomi boʻlib, jahon miqyosida chiqarilgan birinchi albomidir. Albom The Weekndning toʻrtinchi studiyaviy albomi After Hours (2020) va birinchi eng katta xitlar albomi The Weeknd in Japan (2018) chiqqanidan keyin 2021-yil 5-fevralda taqdim etildi. Bu Super Bowl LV tanaffus shousi chiqishidan oldinroq chiqarildi. Treklar roʻyxati The Weekndning Billboard 200 da birinchi oʻrinni egallagan uchta albomlari: Beauty Behind the Madness (2015), Starboy (2016) va After Hours (2020), uning debyut miksteypi House of Balloons (2011), My. Dear Melancholy (2018) mini-albomidagi qoʻshiqlardan, shuningdek, uning ikkita hamkorlik ishi: Ariana Grandening My Everything (2014) albomidan „Love Me Harder“ va Black Panther: The Album (2018) dagi Kendrick Lamar bilan kuylangan „Pray for Me“ treklari kiritilgan.
Albom muqovasi Albom muqovasida The Weeknd oʻzining After Hours (2020) toʻrtinchi studiyaviy albomi muqovasida kiygan qizil kostyumdan foydalanishni davom ettiradi. Muqova rasmida kiygan maxsus kostyum u Super Bowl LVning tanaffus shousi va yuqorida aytib oʻtilgan albomning toʻrtinchi singli boʻlgan "Save Your Tears" qoʻshigʻining musiqiy klipida kiygan kostyum bilan bir xil.
Tanqidiy qabul Allmusicdan Andy Kellman toʻplamni maqtab, shunday dedi: „The Highlights – bu yaxshi tanlangan boshlanish nuqta… barcha asosiy singllarni oʻz ichiga olmasligi esa katalogning chuqurligidan dalolat beradi“.
Tijoriy koʻrsatkichlar The Highlights AQSh Billboard 200 roʻyxatiga 89 000 ta albom ekvivalenti, shu jumladan 10 000 sof albom sotuvi bilan ikkinchi oʻrinda kirib keldi, 2019-yil 28-dekabrdagi chartda ikkinchi oʻrinni egallagan Blake Sheltonning Fully Loaded: God’s Country (2019) dan keyingi eng katta xitlar albomi uchun birinchi haftadagi eng katta sotuvga ega boʻldi. Toʻplam-albom chartda 130 haftadan koʻproq vaqt qolishga muvaffaq boʻldi. 2021-yil 27-dekabr holatiga koʻra, The Highlights Hits maʼlumotlariga koʻra, yilning eng koʻp sotilgan yigirma birinchi albomi boʻldi, albom 2021-yil oxirigacha 1 004 000 ta albom ekvivalentini, shu jumladan 74 000 ta sof albom sotuvi, 226 000 ta qoʻshiq sotuvi, 1,1 milliard audio-strimlar va 160 million koʻrishlarga ega boʻldi. Kelgusi yilda The Highlights yilning eng koʻp sotilgan oltinchi albomi boʻldi, 2022-yil oxiriga kelib jami 1,600,000 albom ekvivalenti, shu jumladan 51,000 sof albom sotuvi, 205,000 ta qoʻshiq sotuvi, 2 milliard audio-strimlar va 198 million koʻrishlarga ega boʻldi.
Treklar roʻyxati
Chartlar
Haftalik chartlar + The Highlightsning haftalik chartlardagi oʻrni Chart (2021–2023) Eng yuqorioʻrin Argentine Albums (CAPIF) 8 Lithuanian Albums (AGATA) 78 Slovak Albums (ČNS IFPI) 70
Yil yakunlari boʻyicha chartlar + The Highlightsning 2021-yil yakunlari boʻyicha chartlardagi oʻrni Chart (2021) Oʻrin Australian Albums (ARIA) 9 Belgian Albums (Ultratop Flanders) 153 Belgian Albums (Ultratop Wallonia) 123 Canadian Albums (Billboard) 10 French Albums (SNEP) 24 Irish Albums (IRMA) 15 New Zealand Albums (RMNZ) 10 UK Albums (OCC) 11 US Billboard 200 31 US Top R&B/Hip-Hop Albums (Billboard) 16 + The Highlightsning 2022-yil yakunlari boʻyicha chartlardagi oʻrni Chart (2022) Oʻrin Australian Albums (ARIA) 3 Canadian Albums (Billboard) 3 French Albums (SNEP) 51 New Zealand Albums (RMNZ) 3 Polish Albums (ZPAV) 85 UK Albums (OCC) 4 US Billboard 200 10 US Top R&B/Hip-Hop Albums (Billboard) 2 + The Highlightsning 2023-yil yakunlari boʻyicha chartlardagi oʻrni Chart (2023) Oʻrin Canadian Albums (Billboard) 7 New Zealand Albums (RMNZ) 2 UK Albums (OCC) 1 US Billboard 200 14 US Top R&B/Hip-Hop Albums (Billboard) 6
Chiqarilish tarixi +The Highlightsning chiqarilish tarixi Mintaqa Sana Format Leybl Man. Har xil 2021-yil 5-fevral Birlashgan Qirollik Kasseta Yaponiya 2021-yil 5-mart CD Universal Music Japan Har xil 2021-yil 19-noyabr LP
Manbalar
Havolalar
Turkum:2021-yil albomlari Turkum:The Weeknd albomlari Turkum:Republic Records toʻplam albomlari