Paxtakor jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan. Masjid binosi 1962—1963-yillarda hashar yoʻli bilan qurilgan. 2000-yil 4-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 250 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2012-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo tumani Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar