Boʻston jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan. Masjid binosi 2018-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 2022-yil 28-martda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 500 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2022-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar