Gʻoyib ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joylashgan. Masjid binosi 1991-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 15-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 800 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2019-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar