ICQ AOLning Time Warner kompaniyasiga tegishli bir zumda xabarlar bilan almashinuvchi kompyuter dasturi. ICQ birinchi boʻlib, Isroillik kompaniya Mirabilis tomonidan ishlab chiqilgan. Dasturning eng birinchi versiyasi 1996-yilning noyabrida chiqqan. ICQ nomi — „I seek you“ (Men seni izlayapman) gapiga ohangdosh.
Funksiyalari ICQning funksiyalariga matniy habarlarni yetkazish, offlayn qoʻllov, multi-foydalanuvchili chatlar, kunlik-chegaranlangan bepul SMS xabarlarni yetkazish, fayllarni yetkazish, tabriklov otkritkalari va multi-ishtirokchili oʻyinlar kiradi. Yana ICQ POP3 email qoʻllovi va foydalanuvchilarni qidirish xususiyatiga ega.
ICQ foydalanuvchilari UIN deb nomlanuvchi, ketma-ketlikda joylashgan raqamlar bilan aniqlanadilar. ICQ 6 da foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtish paytida kiritgan E-Mail manzilini koʻrsatib kirishlari mumkin. Yangi foydalanuvchilarga hozir 400,000,000, dan yuqori boʻlgan raqamlar berilmoqda va kichikroq raqamlar (olti yoki besh raqamliklar) internet auksionlarida va internet magazinlarda sotiladi.
Versiyalari ICQ (ICQ „Classic“): ICQ 1.111, ICQ 1.113 (1997) ICQ 98a, ICQ 98b (1998) ICQ 99a, ICQ 99b (1999) ICQ 2000a, ICQ 2000b (2000) ICQ 2001a, ICQ 2001b (2001) ICQ 2002a, ICQ 2002b (2002) ICQ 2003a (2003) ICQ Pro: ICQ Pro 2003b (2003) ICQ Lite: ICQ Lite ICQ Lite 4 (2004) ICQ 5 (2005) ICQ 5.1 (2006) ICQ 6 (current) (2007)
Havolalar ICQning rasmiy sayti ICQ tarixi ICQ yordami Rambler ICQ
Turkum:Internet