Women's Sunday (Ayollar yakshanbasi) 1908-yil 21-iyunda Londonda boʻlib oʻtgan saylov huquqi marshi va mitingi hisoblanadi. Ushbu miting Emmeline Pethick-Lawrencening „Ayollarning Ijtimoiy va Siyosiy Uyushmasi“ (WSPU) tomonidan Liberal hukumatni ayollarning erkin ovoz berishi uchun qoʻllab-quvvatlashga koʻndirish maqsadida uyushtirilgan. Hozirgacha mamlakatda ushbu miting oʻtkazilib kelinmoqda.
Tadbirda mamlakatning turli burchaklaridan 500 000 ga yaqin ayol va erkaklar qatnashishgan; The Times, 22 June 1908, p. 9.. 30 000 nafar ayollar yettita kortejda Hyde Parkda 700 ta bannerlar bilan miting oʻtkazishgan. Jumladan, ular „Jasorat emas, balki adolat“ yozuvi yozilgan bannerlarni koʻtarib olishgan.
Jarayonlar Tadbir WSPU gʻaznachisi Emmeline Pethick-Lawrence tomonidan uyushtirilgan va WSPU metingining asosiy ranglari (binafsha, oq va yashil) birinchi marta omma oldida namoyish etgan. Mitingda ayollardan oq koʻylak kiyishi soʻralgan va tadbir oldidan doʻkon hodimlari ishtirokchilar uchun kiyim-kechak namoyishini oʻtkazishgan. „The Daily Telegraph“ gazetasida taʼkidlanganidek: „Derazalardan oq koʻylaklar koʻzga tashlanadi. Mitingda binafsha va yashil rangdagi liboslar aksessuarlari koʻp“. Tadbirdan ikki kun oldin 10 000 dan ortiq sharflar har biri ikki shilling va oʻn bir pensga sotilgan. Erkaklar rang-barang galstuk taqishgan.
Boshqa ishtirokchilar orasida SSylvia Pankhurst, Maud Pember Reeves, Mary Gawthorpe, Ethel Snowden, Keir Hardie, Louie Cullen Hanna Sheehy-Skeffington, George Bernard Shaw, H. G. Wells, Thomas Hardy va Israel Zangwill bor edi„Crowds in Hyde Park on Women's Sunday: 1908“ , Museum of London.Bloom, Christina. „Suffragettes in Hyde Park on Women's Sunday; 1908“ , Museum of London.. Aytishlaricha, 300 000 tomoshabin 700 nafar ishtirokchilarning qoʻlda yasalgan bannerlarini tomosha qilishgan. „The Daily Telegraph“ gazetasida shunday deb taʼkidlanadi: „Hech qachon Londonda siyosiy paradga guvoh boʻlish uchun bunchalik katta olomon toʻplanmagan edi“. „Standart“ gazetasida taʼkidlanishicha: „Birinchidan to oxirigacha bu ajoyib uchrashuv boʻlib, dadil oʻylab topilgan, sahna koʻrinishi ajoyib tarzda boshqarilgan va muvaffaqiyatli oʻtkazilgan miting boʻldi. Hyde Park hech qachon bunchalik koʻp odamlarni koʻrmagan boʻlsa kerak“.
Yana qarang Mod March (Loy marti), 1907-yil Londonda ovoz berish marosimi Ayollarning toj kiyish marosimi, 1911-yil Londonda saylov huquqi marshi Saylov huquqining koʻtarilishi, 1912-yildan 1914-yilgacha AQShda Ayollar uchun saylov huquqi jarayoni, 1913-yil Vashingtonda saylov huquqi marshi Buyuk ziyorat, 1913-yil Buyuk Britaniyada saylov huquqi marshi Silent Sentinels, 1917-1919-yillar Vashingtondagi norozilik namoyishi Selmadan Montgomerigacha boʻlgan marsh, 1965-yil AQShda saylov huquqi marshi
Manbalar
Havolalar „Ayollar Yakshanbasi“. „Ayollar uchun ovoz“. 1908-yil 18-iyun, 243-246-betlar. „'Ayollar yakshanbasi': Hyde Park Rally, 1908 yil 21 iyun“, Kent universiteti. „Suffragette xronologiyasi: ayollar uchun ovoz berish uchun uzoq marsh“, „Kundalik telegraf“ gazetasi. Adabiyotlar
Qoʻshimcha oʻqish "Women's Sunday". Votes for Women. 1908-yil 18-iyun, pp. 243–246. "Women's Sunday": Hyde Park Rally, 21st June 1908“, Kent universiteti. „Suffragette timeline: the long march to votes for women“, The Daily Telegraph.
Turkum:Ayollar huquqlari Turkum:Siyosiy faollik Turkum:Ayollar marshlari Turkum:Emmeline Pankhurst Turkum:Londonda norozilik namoyishlari Turkum:Norozilik yurishlari Turkum:Birlashgan Qirollikda feminizmning birinchi toʻlqini Turkum:WikiAyollar