Muhammad Hasan Movlazada (ozarbayjoncha: Mövlazadə Muhammad Həsən İsmayıl oğlu Shakuvi, Fors . sẖḵwy̰) – din arbobi, ulamo va Kavkaz Shayx ul-islomining 6-shayxi hamda Qur’onni ozarbayjon tiliga tarjima qilib, batafsil sharh yozib bergan birinchi olim.
Biografiyasi Muhammad Hasan 1854-yilda Shaki shahrida tugʻilgan. Ilk diniy taʼlimni Shaki madrasasida olgan, soʻngra uni Ganja madrasasida davom ettirgan. Soʻngra bir necha yil Ganjadagi Juma masjidida mulla boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik u oʻqishni davom ettirishga qaror qildi va shu maqsadda Iroqqa yoʻl oldi. U yerda diniy fanlar boʻyicha ilmiy daraja oldi.
1891-yilda Kavkazga qaytib keldi va Grigoriy va Hijriy kalendarlarini fors tilida chop etdi. 1893-yilda Tbilisida joylashgan „musulmon diniy maktabi“da shariatdan dars bera boshladi. Keyinchalik Jabrail, Ganja, Tbilisi va Kutaisi shaharlarida qozilik qilgan.
Oxun unvonini olgan Hoji Muhammad Hasan bir muddat qozi, 1907-yildan shayxul-islomning noibi boʻlgan. 1917-yilgi Oktyabr inqilobidan keyin tuzilgan Sovet Ittifoqi hukumati Muhammad Hasanni diniy ishlardan chetlashtirdi, uning bir qancha qoʻlyozmalari yoqib yuborildi.
Muhammad Hasan 1932-yilda Tbilisida vafot etgan.
Bibliografiyasi 1908-yilda Muhammad Hasan Movlazadaning ikki jilddan iborat „Kitob al-bayan fi tafsir al-Quron“ kitobi nashr etildi: birinchisi – 492 bet, ikkinchisi – 538 bet, unda u Qur’on tarjimasi va tafsirini bergan. Kitob 1990-yilda Bokuda qayta nashr etilgan .
Manbalar
Turkum:Shayx ul-islomlar Turkum:1932-yilda vafot etganlar Turkum:Tbilisida vafot etganlar Turkum:Ozarbayjon zodagonlari Turkum:Ozarbayjonlik oʻqituvchilar Turkum:1854-yilda tugʻilganlar Turkum:Shakida tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjon din arboblari