Sadr ( — qalb, old, koʻkrak, toʻr; koʻplikda sudur) — musulmon mamlakatlaridagi turli mansabdor shaxslarning unvoni. Bu unvon baʼzan ruhoniylarga ham berilgan, ularga butun davlatning yoki biror viloyatning vaqf ishlarini boshqarish vazifasi yuklatilgan.
XII–XIII asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan Burxoniylar Sadri Jahon nomi bilan mashhur boʻlgan. Buxoro xonligida Buxoro shahri va uning atrofida 1 farsax masofada joylashgan vaqf mulklari boshqaruvidagi muammolarni hal etishda masʼul kishi sadr deb ataladi. Buxoro inqilobiga qadar mazkur amaldor vazifasi oʻzgarishsiz qolavergan. Sadrlik lavozimi xonlikning barcha viloyatlarida boʻlgan. Buxoro shahri boshqaruvidan tashqaridagi madrasalar faoliyati uchun xuddi sadrlar singari vazifalarni bajaruvchilar sudur deb atalgan.
XVI asrdan boshlab Usmonli turk imperiyasida va XIX asrdan Eronda eng yuqori mansabdor shaxs (vaziri aʼzam) sadr (sadri aʼzam) deb atalib, bu unvon XX asrda tugatilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Turkum:Unvonlar