The Art of War () – qadimgi Xitoy harbiy risolasi, Bahor va Kuz davrining oxirlariga (taxminan miloddan avvalgi 5-asr) oid. Qadimgi xitoylik harbiy strateg Sunsziga tegishli 13 bobdan iborat asar. Ularning har biri turli xil urush sanʼati, harbiy strategiya va taktikalariga bagʻishlangan. Deyarli 1500 yil davomida imperator Shenzong Song tomonidan harbiy klassika deb nomlab foydalanilgan antologiyaning asosiy matni boʻlgan. The Art of War Sharqiy Osiyo urushlari tarixidagi eng yaxshi strategiya bitigi deb hisoblanadi. Sharqiy Osiyo va Gʻarb harbiy nazariyasiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek zamonaviy dunyodagi koʻplab noharbiy harakatlarning qoʻllanmalarida ushbu bitikka ilovalar keltirib oʻtilgan, bular jumlasiga: josuslik, madaniyat, siyosat, biznes va sport kabi sohalardagi qoʻllanmalarni misol keltirish mumkin. Kitob 1772-yilda fransuz tiliga tarjima qilingan va fransuz iyezuiti Jan Jozef Mari Amiot tomonidan nashr etilgan. 1782-yilda qayta nashr etilgan. Everard Fergyuson Kaltrop 1905-yilda "The Book of War" nomi ostida ingliz tiliga ushbu kitobni qisman tarjima qilgan. Ingliz tiliga birinchi izohli tarjima 1910-yilda Lionel Giles tomonidan qilinib nashr etilgan The Art of War by Sun Tzu – Special Edition. Special Edition Books. 2007. p. 62.. Xitoy kommunistik inqilobchisi Mao Zedong, yaponiyalik Takeda Shingen, vetnamlik general Võ Nguyên Giáp va amerikalik harbiy generallar Douglas MacArthur va Norman Schwarzkopf Jr. kabi harbiy va siyosiy rahbarlar ushbu kitobdan ilhomlanishgan.
Tarixi The Art of War Sunszi („Sunzi“) nomi bilan tanilgan Xitoy harbiy generaliga tegishli.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar