thumb|1937-yilda hibsga olingan Xoʻjayevning surati. Xolid Said Xoʻjayev (, 1888—1937) – oʻzbek va ozarbayjon tilshunosi. Shuningdek, Ozarbayjon tilini lotin alifbosiga oʻtkazishda muhim rol oʻynagan shaxslardan biri. Uzoq vaqt mobaynida ilmiy merosi oʻzbek olimlari tomonidan yaxshi tadqiq etilmagan.

Biografiyasi Xolid Said Xoʻjayev 1888-yilda Toshkentdan uncha uzoq boʻlmagan Qoʻshqo‘rg‘on qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimini qishlogʻidagi maktablardan birida olgach, 6 yil Toshkent madrasasida tahsil olgan. Taʼlim olish istagi kuchli boʻlganligi sababli keyinchalik Turkiyaga borib, 1914-yil Istanbul universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirgan. Xolid Said 2 yillik taʼlimdan soʻngra tarix-filologiya fakultetiga oʻqishga qabul qilinib, oʻqishni 1918-yilda tugatgan.

1918-yilda Xolid Said Turkiyadan Ozarbayjonga kelib, Ganja va Boku shaharlaridagi oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida dars bera boshlaydi. U Vengriya SSSR Fanlar akademiyasining Ozarbayjon boʻlimida ham faoliyat olib borgan. Xoʻjayev Oʻrta Osiyoning milliy-hududiy boʻlinishidan soʻng (1924) Oʻzbekistonda biroz muddat ishlab, keyinchalik Ozarbayjon oʻquv yurtlarida oʻzbek talabalarining taʼlimini tashkil etishga bosh-qosh boʻlgan.

Xolid Said 1926-yil Boku shahrida tashkil etilgan Turkiy xalqlar qurultoyida ishtirok etgan delegatsiya tarkibida ham boʻlgan. Olim turkiy xalqlar tarixiga oid koʻplab ilmiy izlanishlar muallifidir. Xolid Said 1937-yilda hibsga olingan va oʻsha yilning 12-oktyabr kuni otib oʻldirilgan. Stalinning oʻlimidan keyin Xolid Saidning rafiqasi Roza xonim 1955-yil 16-aprel kuni huquq-tartibot idoralari rahbarlari va siyosiy arboblardan erining ishini qayta koʻrib chiqish kerakligini soʻragan. Xolid Said SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining 1957-yil 16-may kuni chiqargan qaroriga muvofiq toʻliq oqlangan.

Tarjimalari Xolid Said Xoʻjayev Oʻtgan kunlar va Choliqushi romanini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. U, shuningdek, Devonu lugʻotit turk asarini ilk bor ozarbayjon tiliga oʻgirgan.

Oilasi Xoʻjayev Ozarbayjonda Sitora Riza Talishinskaya bilan turmush qurgan. Bu turmushdan Baxija Xoʻjayeva-Mamedova dunyoga kelgan. Manbalar

Adabiyotlar Ашнин Ф., Алпатов В., Насилов Д., Репрессированная тюркология, М., 2002. Кононов А. Н., Из истории отечественной тюркологии, Советская Тюркология, 1973, № 1. Паша Керимов. Издана новая монография о Халиде-Сеиде Ходжаеве. Газета «Каспий», 2010, 16 января. Садыхов Муртуз. Восстановить историческую справедливость. «Бакинский рабочий», 1989, 9 сентября. Тагирзаде А., Халид-Саид Ходжаев, Советская Тюркология, Баку, 1988, № 3 Abdullayev Ə.Z. Azərbaycan dili məsələləri. Bakı Universiteti Nəşriyyatı, 1992, səh.73 Alatay Besim. «Divanü luğat it-türk» tərcümesi, 1939, 1 cild, s. XXXI Azər Turan. Xalid Səid Xocayev. Şəhid türkşünas. Bakı, 2009 Azər Turan. Əlibəy Hüseynzadənin Birinci türkolojı qurultayından geydləri. «Ədəbiyyat Gəzeti», 2008, 15 febral Azər Turan. Bu dünyada bir Xalid Səid vardı. «Ədəbiyyat Gəzeti», 2008, 12 sentyabr. Azər Turan. Qızı Bəhicə xanımla «Divani-luğət-it Türk» ün ilk tərcməçisi Xalid Səid haqqında söhbət. «Ədəbiyyat Gəzeti», 2008, 14 noyabr Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti Ensiklopediyası. 1 cild, səh. 394. Balı, 2004 Babayev Adil. Elimizin və elmimizin soyqırımı. Bakı, 2003, səh.141 Bünyadov Ziya. Xocayev Xalid Seyid. İstintaq işi «Azərbaycan müəllimi» qazeti, 10 yanvar 1990 Bünyadov Ziya. 30-cu illərin gurbanları. Arxivlər acılır. «Azərbaycan müəllimi», 1980, 10 yanvar Bünyadov Ziya. Qırmızı terror. Bakı, 1988 Cəfərov E. Halid Said ana yurdunda. «Elm» gəzeti, 1988, 17 dekabr Dəmirçizadə Ə. "Azərbaycan dilinin üslubiyyatı. Bakı, Azərtədrisnəşr, 1962, səh.4 Erkin Emet. Doğumunun 1000. Yılında Kaşgarlı Mahmudun türkolojıdaki yeri ve onunla ilgili yapılan çalişmalar. Rize Üniversitesi. Uluslararası Kaşkarlı Mahmud Sempoziumı. 17-19.10.2008 Əli Şamil. Ömrünü ortak Türk kültürüne adayan Halit Sait. «Yom» dərgisi, #6, 2007 Guliyev Əsgər. İki xalqın oğlu. «Elm» gəzeti, 1988, 23 iyul Guliyev Elesger. Xalid Səid."Ana sözü" gəzeti, Bakı, 1991 Jabborov Anvar. Xolid Said Xujaev. «Kommunizm uçun», 1990, 5 iyul Kamil Vəli Nərimanoğlu, Ağakişiyev Əliheydər. "A.N.Kononov. "Rusiyada Türk dillərinin öyrənilməsi tarixi. (1917-ci ilə gədər) «SSRİ də Türk filologiyası (1917—1967)» kitabında. Bakı, 2006, səh.296 Kocaoğlu Timur. Türkolojide eserler II: Türküstanlı Dilçi Halid Saidin türk lehçelerinin karşılaştırmalı qrameri. Türk Kültürü, 266: 28-38 Kocaoğlu Timur. Azeri bilgini Halid Saidin türk lehçelerinin karşılaştırmalı qrameri. Tarih İncelemeleri Dergisi. 1984, #2, səh. 349—359.

Turkum:1888-yilda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar Turkum:13-oktyabrda vafot etganlar