Abdurashid Abduvohidovich Joʻraboyev – oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. 2005-2015 yillar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi, 2015-2019 yillar Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, fan, ta'lim, madaniyat, sport, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari departamenti mudiri, 2019-2023 yillar Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari, 2023-2024 yillar O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri kotibiyati mudiri boʻlgan. 2024-yil 2-fevraldan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.
2011-yilda Doʻstlik ordeni, 2019-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Fargʻona davlat universiteti bitiruvchilari