National Geographic (ilgari The National Geographic Magazine, baʼzan NAT GEO deb nomlanadi) – National Geographic Partners tomonidan chop etiladigan Amerika oylik jurnali. Jurnal 1888-yilda ilmiy jurnal sifatida, jamiyat tashkil topganidan toʻqqiz oy oʻtib tashkil etilgan boʻlsa-da, hozirda eng mashhur jurnallardan biri hisoblanadi. 1905-yilda u suratlarni qoʻshishni boshladi, bu uslub bilan mashhur boʻldi. Uning birinchi rangli fotosuratlari 1910-yillarda paydo boʻlgan. Sovuq urush davrida jurnal Temir parda ortidagi mamlakatlarning jismoniy va insoniy geografiyasining muvozanatli koʻrinishini taqdim etish majburiyatini oldi. Keyinchalik jurnal atrof-muhit muammolari haqida ochiq gapira boshlaydi.
2015-yilgacha jurnal toʻliq National Geographic Jamiyatiga tegishli boʻlgan. 2019-yildan boshlab aksiyalarning nazorat paketiga The Walt Disney kompaniyasi ham qoʻshilgan.
Koʻproq geografiya, tarix, tabiat, fan va jahon madaniyatiga oid mavzularni yoritib boradi. Jurnal oʻzining: sariq toʻrtburchak hoshiyali oʻralgan yaltiroq formati bilan mashhur. Yana jurnalning anʼanaviy bosma va interaktiv onlayn nashrlariga National Geographic Mapsʼdan xaritalar qoʻshilgan.
1995-yil holatiga koʻra, jurnal butun dunyo boʻylab qirqqa yaqin mahalliy tilda nashr etilgan va oyiga kamida 6,5 million (1980-yillar oxiridagi 12 milliondan kam), shu jumladan AQShda 3,5 million global tirajda bosib chiqarilgan. 2015-yil holatiga koʻra, jurnal 25 ta Milliy jurnal mukofotini qoʻlga kiritgan.
2022-yil oktabr holatiga koʻra, Instagram sahifasida 243 million obunachiga ega, bu alohida mashhur kishiga tegishli boʻlmagan akkauntlarning orasida eng koʻpidir. 2022-yil 31-dekabr holatiga koʻra tiraj 1,8 millionga yaqin edi.
2023-yilda National Geographic barcha yozuvchilarni ishdan boʻshatadi va kelgusi yilda AQSh gazeta doʻkonlari savdosini toʻxtatadi.
Adabiyotlar Stephanie L. Hawkins, American Iconographic: "National Geographic, " Global Culture, and the Visual Imagination, University of Virginia Press, 2010, 264 pages. A scholarly study of the magazineʼs rise as a cultural institution that uses the letters of its founders and its readers; argues that National Geographic encouraged readers to question Western values and identify with others. Catherine A. Lutz and Jane L. Collins. Reading National Geographic. Chicago: The University of Chicago Press, 1993. A foundational work in the field of visual anthropology. In 1915, Gilbert Hovey Grosvenor announced seven principles which would guide National Geographic. These included a call for absolute accuracy and objective reporting of important issues. Nothing controversial or partisan would be included. The emphasis would be on the photographs themselves. Robert M. Poole, Explorers House: National Geographic and the World it Made, 2004; reprint, Penguin Press, 2006. Manbalar
Havolalar
All the magazineʼs covers published since 1888 until the year 2000 Archived National Geographic magazines Internet Archiveda