Xonbaliq (Oʻrta Moʻgʻ.) – Yuan imperiyasining poytaxti, zamonaviy Pekinning nomi. Shaharning xitoycha nomi Dadu (; buyuk poytaxt), moʻgʻullar tomonidan DaiduRossabi M. Khubilai Khan: His Life and Times, p. 131.Denis Twitchett, Herbert Franke, John K. Fairbank. The Cambridge History of China: Volume 6, Alien Regimes and Border States (Cambridge: Cambridge University Press, 1994), p. 454. deb talaffuz qilingan. Shaharning moʻgʻul va turkiy tillardagi „Xonbaliq“ nomi toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilinganda „Xon shahri“ degan maʼnoni bildiradiBartold V. V. Sochineniya v 9 tt. T. 3. Raboti po istoricheskoy geografii. / Red. B. G. Gafurov. Predisl. A. M. Belenitskogo i O. G. Bolshakova. – M.: Nauka, 1965.. Marko Polo oʻz asarlarida shaharni Kambalu deb yozgan.
Tarixi
Yuan poytaxti Moʻgʻullar istilosidan avval shahar Chjundu deb nomlangan va Szin imperiyasining poytaxti boʻlib xizmat qilgan. 1215-yilda shaharmoʻgʻullar tomonidan zabt etiladi va yoqib yuboriladi. 1264-yilda Xubilay shaharni oʻz poytaxti sifatida tiklashga qaror qiladi. Shaharnk qayta qurishga meʼmorlar Liu Binchjun va Amir ad-Din rahbarlik qilishadi. Oʻsha yili devorlarning qurilishi boshlanadi. Xon saroyini qurish ishlari esa 1274-yilda boshlangan.
1271-yilda Yuan davlati tashkil etilgandan soʻng, Xubilayxon shahar nomini Dadu deb oʻzgartiradi. Shahar imperiyaning markaziga aylanadiThe New Encyclopædia Britannica (Encyclopædia Britannica, Chicago University of, William Benton), p. 2.. Shaharda qurilish ishlari 1293-yilgacha olib boriladi. Buyuk Xonning avvalgi qarorgohi boʻlgan Shandu shahri yozgi qarorgoh maqomini oladi. Venetsiyalik savdogar Marko Polo Xitoyda boʻlganida bu ikkala poytaxtda ham uzoq vaqt davomida yashagan.
Keyingi tarixi Xitoyliklar shahar nomini rasman oʻzgartirganiga qaramay, „Xonbaliq“ nomi Yuan imperiyasi qulaganidan ancha keyin moʻgʻullar orasida saqlanib qolgan; Shunday qilib, Xitoy bosqinidan oldin Oyratlar hukmdori Esen-tayshi moʻgʻul zodagonlariga murojaat qilib shunday deydi:
Manbalar
Turkum:Yuan sulolasi Turkum:Pekin tarixi Turkum:Moʻgʻuliston tarixi