Tirol () – Avstriyaning gʻarbiy qismidagi federal yer boʻlib, tarixiy Tirol viloyatining Avstriya qismini tashkil etadi.

Markazi va eng yirik shahri – Insbruk. Aholisi 536 000 kishi (Avstriya yerlari orasida 5-oʻrin; 2017-yil maʼlumotlari). Yer ikki: Shimoliy va Sharqiy Tirol qismdan iborat va ular Zalsburg federal yerining hududi orqali yigirma kilometr kenglikdagi chiziq bilan ajratilgan. Tirolliklar kelib chiqishi jihatidan venaliklarga qaraganda bavariyaliklarga yaqinroq. Tirol aholisining katta qismi (90% dan ortigʻi) katolikdir. Manbalar

Turkum:Avstriya