Jasur Shametov (1985-yil 25-may – 2024-yil 10-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston) – operator, rejissor, klipmeyker.
Biografiyasi Jasur Shametov 1985-yil 25-may kuni tavallud topgan.
Jasur „Zarb“, „Gunoh“, „Poyma-poy“, „Sadoqat“, „Qalbaki dunyo“, „Achchiq hayot“, „Qalbim oʻgʻrisi“ kabi bir qancha badiiy filmlarda operatorlik, „Mahallada nima gap“ musiqiy-komedik filmida rejissyorlik qilgan. Jasur 2021-yili „Zakovat“ klubining yangi madhiyasi boʻlgan Shoxrux reperning „Zakovat“ qoʻshigʻiga klip suratga olgan.
Vafoti Jasur Shametov 2024-yil 10-fevral kuni 39 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:10-fevralda vafot etganlar Turkum:Operatorlar