Igor Andreyevich Myalin (; 1996-yil 17-sentyabr; Penza, Rossiya) – rossiyalik va oʻzbekistonlik suvga sakrashchi.

Faoliyati T. G. Lukash va O. V. Kulemin rahbarligida Penzada mashq qiladi.

2010-yil Tucson boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 10 metrlik minorada gʻalaba qozondi. 2010-yilda Helsinkida boʻlib oʻtgan Yevropa birinchiligida 10 metrli minorada eng kuchli boʻlgan, shuningdek, metr va uch metrli tramplinlarda ikkita bronza medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi Yevropa chempionatidan Belgradda ikki oltin medalni olib keldi, metr va uch metrli tramplinlarda gʻalaba qozondi.

Yevropa oʻsmirlar chempionatida (2009, Budapesht) 10 metrlik minorada uchinchi boʻldi. 2015-yilda Kvanjuda oʻtkazilgan Universiadada sinxron mikstda gʻolib boʻldi. Uning sherigi Yegor Galperin edi. Shuningdek, u minorada individual kumush, erkaklar sinxronida jamoaviy kumush va bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Igor Myalin 10 metrlik minoradan suvga sakrash boʻyicha jahon chempionati finaliga chiqdi. Suvga sakrash boʻyicha jahon chempionatining yarim finalida Igor Myalin 7-oʻrinni egalladi (415.80 ball) va finalga chiqish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar beradi. Reglamentga koʻra, jahon chempionatining finalchilari bir vaqtning oʻzida Olimpiya oʻyinlarining litsenziati boʻlishadi. Taʼkidlanishicha, suvga sakrash boʻyicha Olimpiya oʻyinlariga litsenziya Oʻzbekiston sport tarixida birinchi boʻldi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston suzuvchilari