Vohid – kelib chiqishi arabcha boʻlgan ism boʻlib, shakli Allohning ismlaridan biri boʻlmish Al-Vahid ismidan olingan. Yakka, yagona maʼnolarini ifodalaydi. Ushbu ism arablar, turkiy xalqlar va forslarda uchraydi. Post sovet davlatlarida ushbu ismdan yasalgan Vohidov familiyasi mavjud.

Ushbu ismga ega mashhur insonlar quyidagilardir:

Olimlar

Vohid Zohidov (1914—1983) – adabiyotshunos olim, faylasuf va publitsist. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik. Vohid Abdullayev (1912—1985) – taniqli oʻzbek olimi, adabiyotshunos va navoiyshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.

Davlat arboblari Vohid Kozimov (1927—2009) – sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisi (1972—1985). Vohid Abdurahmon (1940) – Indoneziyaning sobiq prezidenti (1999—2001). Vohid Umar (1978) – Afgʻonistonlik siyosatchi.

Aktyorlar

Vohid Qodirov (1925—1992) – aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1980). Shum bola filmidagi Sariboy obrazi bilan mashhur.

Sportchilar

Vohid Masudov (1959-yil) – sovet va qozoq futbolchisi, yarim himoyachi. SSSR sport ustasi. Vohid Shodiyev (1986-yil 9-noyabrda) – Toshkentning Bunyodkor futbol klubi, hamda, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi. Vohid Selimovich (1997) – Lyuksemburglik professional futbolchi, markaziy himoyachi. Vahid Halilhodžić (1951-yilda) – Bosniya va Gersegovinalik futbolchi.

Yana qarang Vohidov – erkaklar familiyasi.

Turkum:Arabcha ismlar