Kurka (Meleagris gallopavo (Linnaeus, 1758)) – qirgʻovullar turkumiga mansub yirik Yangi dunyo oʻtxoʻr qushi. Xonaki kurkaning ajdodi hisoblanadi.

Umumiy xususiyatlari left|matn=Yovvoyi nar kurka(John Audubon surati)Audubon J. J. The Wild Turkey // Ornithological Biography. – Edinburgh: Adam Black, 1831. – Vol. 1. – P. 1—17, 33, 34.|200px left|200px|Moda polaponlari bilan(John Audubon surati) Yovvoyi kurkaning tabasi yirik, vazni 8 kg gacha (erkak). Narining uzunligi 100-110 sm, urgʻochisi 85 sm. Oyoqlari uzun va kuchli. Qushlar qisqa masofalarga ucha oladiHogan, C. Michael (2008). Wild turkey: Meleagris gallopavo, GlobalTwitcher.com, ed. N. Stromberg. .. Tashqi koʻrinish Tanasining ustki qismi jigarrang-sariq va jigarrang-qizil, metall rangi koʻrinishida, qanotlaridagi patlari qora, orqa va quyruq patlarining pastki qismi yashil va qora chiziqlar bilan uygʻunlashgan jigarrang tusda. Tanasining pastki qismi sargʻish-jigarrangdan jigarrang-kulranggacha oʻzgarib boradi.

Boshi va boʻynining yuqori qismi koʻk rangda, tuklarsiz. Tumshugʻining tagida gʻoʻshtli qoʻshimcha osilib turadi.

Oyoqlari qizil yoki binafsha rangda. Koʻkragida ot tukiga oʻxshash tuklar bor.

Modaning rangi sustroq, oʻlchami erkaklarnikiga qaraganda kichikroq. Yashash tarzi Shimoliy Amerika oʻrmonlarida uchraydi.

Oʻsimlik va hayvonot ozuqalari – yongʻoq, boshoq, don va turli xil mevalar, shuningdek, hasharotlar bilan oziqlanadi. Koʻpayishi Yerga in quradi. Aprel oyida moda 10 dan 15 gacha va hatto 20 ta gacha tuxum qoʻyadi va ularni qattiq himoya qiladi.

Yovvoyi kurkalar koʻpincha xonaki urgʻochilar bilan juftlashadi va natijada olingan joʻjalar mahalliy joʻjalarga qaraganda yaxshiroq sifatga ega boʻladi. Manbalar

Havolalar